«O’ZBEKISTONNING QISHLOQ HUDUDLARIDA SUV RESURSLARINI BARQAROR BOSHQARISH» DASTURI

0
181 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Yevropa davlatlaridan birida

Ariza topshirish muhlati: 1-fevral 2017-yil

Kim uchun:  O’zbekistondagi magistratura bosqichi talabalari uchun

Grant miqdori:  To’liq qoplanadi

Umumiy ma’lumot: Yevropa ittifoqi O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi bilan hamkorligida nufuzli Yevropa universitetlarida o’qish uchun grantlar dasturini e’lon qildi. Loyiha BMTning Taraqqiyot dasturi tomonidan amalga oshiriladi. Grant qishloq va suv xo’jaligi sohasidagi magistrantlar orasidan va mamlakatdagi suv resurslarini boshqarish tizimini yaxshilashga o’z hissangizni qo’shishni istovchilarga taqdim etiladi.

Grant turi: Magistratura uchun

Kim uchun:

  • Ingliz tilini yaxshi qilish va quyidagi sertifikatlardan biriga ega bo’lish:

– IELTS sertifikati – eng kami 6 balldan (6,5 ball afzalroq);

– TOEFL 80 ball

– Kembridj Ingliz tilining yuqori boshqich (CAE) sertifikati – o’tish bali C va undan yuqori darajasi;

– Birinchi Kembridj sertifikati (FCE) – o’tish bali B va undan yuqori;

– Ingliz tilining oliy daraja bosqichi (CPE) Kembridj universiteti sertifikati – o’tish bali C va undan yuqori

  •  Nomzodning akademik ko’rsatkichi: 80 dan past bo’lmagan reyting ballga ega bo’lish;
  • Oliy o’quv yurtlarda, ilmiy-tadqiqot ishlarda faol ishtrok etish. Nomzodning ishtroki va uning bajargan ishlari haqida rahbarning yozma taqdimnomasi bo’lishi shart;
  • Bakalavr darajasiga ega;

Grant miqdori: To’liq qoplanadi .

  • yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya;
  • tibbiy sug’urta;
  • safar xarajaltari;
  • viza xarajatlari bilan ta’minlaydi.

Grant uchun o’rinlar cheklangan.

Ariza to’ldirish tartibi: Arizalar BMTRD tomonidan ko’rib chiqiladi va saralash o’tkaziladi.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA