«O‘zbekneftgaz» yutug‘i «Spark» bo‘lgan tanlov e’lon qildi

0
2 033 marta o'qildi

Qayerda: O‘zbekiston

Kim uchun: Barcha O‘zabekiston fuqarolari uchun

Talabnoma topshirish muddati: 2017-yilning 21-iyuligacha

Umumiy ma’lumot:

«O‘zbekneftgaz» Milliy xoldingkompaniyasi va O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi yangi logotip va slogan yaratish uchun ochiq tanlov e’lon qilmoqdalar!

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

Neftgaz sohasiga mansub milliy brend logotipi bo‘yicha o‘z takliflarini nafaqat professional reklama kompaniyalari va agentliklar, balki xususiy shaxslar (frilanserlar, talabalar va h.k.) ham taqdim etishlari mumkin.

Talabnoma qanday uzatiladi?

  1. Tanlovning nizomi va texnik topshiriq bilan tanishib chiqing.
  2. Yangi logotip va uning ta’rifining 3 (uch) tilga (o‘zbek, rus, ingliz) moslashtirilgan o‘z namunangizni ishlab chiqing.
  3. Grafik shakldagi fayl va ta’rif matnini hamda aloqa bog‘lash ma’lumotlaringizni logo@liting.uz elektron pochtasiga; yokiquyidagi manzilga jo’nating: O‘zbekiston Respublikasi, 100029, Toshkent sh, Taras Shevchenko ko‘ch., 2. Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 280-67-45. Aloqa bog‘lovchi shaxs: Mukaddas Normatova.

Takliflaringizni kim va qanday baholaydi?

Barcha ishlarni «O‘zbekneftgaz» MXK va O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rahbariyati vakillaridan iborat bo‘lgan tanlov komissiyasi ko‘rib chiqadi.

Komissiya ishlarni quyidagi mezonlar bo‘yicha baholaydi:

  • kompaniya falsafasi, missiyasi va qadriyatlarini aks ettirish
  • logotip g‘oyasining teranligi va lo‘ndaligi;
  • logotip bosma va nobosma materiallar, brendlashtirilgan mahsulot va korporativ sovg‘alariga moslashuvchanligi;
  • logotipning ko‘zga ko‘rinadigan qismi kreativligi va yangichaligi (yangi logotip amaldagiga o‘xshash bo‘lmasligi lozim).

Komissiya 50 (ellikta) eng yaxshi ishlarni tanlab oladi va final bosqichi ishtirokchilari orasida ochiq tanlov o‘tkazadi. Final qatnashchilarining ishlari, tanlov natijalari va g‘olibning nomi rasmiy saytda e’lon qilinadi: http://www.ung.uz.

Tanlov g‘olibi qimmatbaho sovrin – Chevrolet Spark avtomobili bilan taqdirlanadi!

Tanlovda ishtirok etish uchun talabnomalar 2017 yil 21 iyulgacha qabul qilinadi.

Tanlov yakunlari 2017 yil 25 avgustda sarhisob qilinadi.

G‘oliblar nomlarini e’lon qilish va taqdirlash marosimi joriy yil 30 avgustda (O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi Kuni arafasida) o‘tkaziladi.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!