Pekin Fan va Texnologiya universitetida magistratura va doktorantura uchun grantlar

31
206 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Xitoy

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 15-aprel

Kim uchun: Xalqaro talabalar

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Grant turi: Magistratura va doktorantura uchun

Umumiy ma’lumot:

Pekin Fan va Texnologiya universiteti magistratura va doktorantura darajalari uchun xalqaro talabalarga grant dasturini e’lon qiladi. O’qishga qabul qilingan talabalar bir yil davomida xitoy tilini o’rganadilar. Shundan so’ng asosiy o’quv kurslari xitoy tilida olib boriladi. Ayrim fanlarni ingliz tilida ham olish mumkin.

Hujjatlar barcha yo’nalishlar bo’yicha qabul qilinadi.

Kim uchun:

  • Magistratura dasturi uchun bakalavr darajasiga ega va 35 yoshdan oshmagan xorij fuqarolari;
  • Doktorantura dasturi uchun magistratura darajasiga ega va 40 yoshdan oshmagan xorij fuqarolari ushbu grantga topshirishi mumkin.

Grant miqdori:

  •  Bepul ta’lim;
  • Oylik stipendiya (Magistratura uchun 1700 yuan, doktorantura uchun 2000 yuan);
  • Tibbiy sug’urta;

Xitoyga borish-kelish xarajatlarini talabaning o’zi qoplashi kerak.

Hujjat topshirish tartibi:

Hujjatlar internet orqali (SHU YERDA) topshirilishi kerak. Anketaga quyidagi hujjatlarni ilova qilish lozim:

  1. Grant uchun anketa;
  2. Pasport nusxasi;
  3. 4×5 sm. hajmli surat;
  4. Diplomning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi (Hujjatning ingliz yoki xitoy tiliga qilingan tarjimasi notarius tomonidan tasdiqlanishi kerak);
  5. Baholar daftarchasining notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi (Hujjatning ingliz yoki xitoy tiliga qilingan tarjimasi notarius tomonidan tasdiqlanishi kerak);
  6. Ko’pi bilan 800 so’zdan iborat o’qish yoki ta’lim rejasi ifodalangan insho;
  7. Universitetdagi o’qituvchilaridan olingna ikkita tavsiyanoma (Hujjatning ingliz yoki xitoy tiliga qilingan tarjimasi notarius tomonidan tasdiqlanishi kerak);
  8. Musiqa yoki rassomchilik kabi san’at yo’nalishlariga topshirayotganlar o’z ijodiy ishlari saqlangan kompakt diskni (CD) ham topshirishlari kerak;
  9. Xorijliklarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish formasida ko’rsatilgan barcha kasallik va tekshiruvlardan o’tish kerak va tegishli shifokorlarning imzo va muhrlari qo’yilgan bu formani ham anektaga qo’shib topshirish kerak. Tibbiy ko’rik formasini SHU YERDAN saqlab olishingiz mumkin.

Barcha hujjatlar qabul qilib olingach, universitet grant natijalari haqida tanlab olingan nomzodlarga iyul oyining boshigacha xabar beradi. Shundan so’ng 15 kun ichida tanlab olingan talabalarga viza uchun topshiriladigan hujjatlar yuboriladi.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

[info_box title=»» type=»success»]

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Yuqoridagi grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

 

Aloqa:

E-mail: info@grantlar.uz

 

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

[/info_box]

31 Izohlar

  1. Hurmatli mentor,ushbu grant candidatlardan IELTS yoki boshqa seertificat talab qilmaydimi? oldindan raxmat

  2. xurmatli mentor, deadline 15-aprel ekan. Men Toshkent TIbbiyot Akademiyasida (Davolash Fakulteti) oxirgi 7-kursda o`qiyman. Diplomim qo`limga taxminan 15-20 iyunlarda qo`limga tegadi. Qanday yo`l tutish lozim?

  3. salom. soha tanlashda chegaralanmaganmi fakultetlarni qatta ko’rsak bo’ladi

  4. Salom, Gagarin.

    Onlayn internet orqali anketa to’ldirayotganingizda tanlaysiz va ko’rasiz sohalarni.

  5. Khan,

    Dhu paytgacha olgan baholaringiz va fanlaringiz yozilgan baholar daftarchasini tayyorlang. Unga o’qish joyingiz, qaysi soha va darajada o’qiyotganingiz, qachon bitirishingiz haqida ma’lumotlar bo’lsin. Bu hujjatga, albatta, o’qish joyingizdan kerakli odamning imzosi va muhri qo’yilishi kerak.

  6. SALOM XURMATLI ADMIN BU GRANT DASTURI KEYINGI YIL HAM BO’LADIMI ?MAN KEYINGI YIL BAKALAVRNI BITIRAMAN OLDINDAN RAXMAT JAVOB UCHUN?

  7. Juratbek,

    Bu dastur har yili e’lon qilinadi. Kelasi yili ham topshirishingiz mumkin.

  8. Men o’tgan 2014 yili institutni grand asosida tugatganman dimlomni hozircha olganim yuq ilovosini ham 3 yil dan sung olaman qanday yul tutishim kerek

  9. Lion,

    Baholar daftarchasidagi fan va ularga qo’yilgan baholarni inglizchaga o’girib, o’shani diplom ilovasi sifatida topshirishingiz mumkin.

  10. Kechirasiz, hujjat topshirish pullikmi? Keyin mavjud sohalarni qayerdan ko’rish mumkin? Oldindan raxmat

  11. Abdurashid,

    Hujjat topshirish uchun yuqorida berilgan manzilga kirib ro’yxatdan o’tsangiz, ariza to’ldirish jarayonida sohalarni ko’rishingiz mumkin.

    Hujjat topshirish bepul, ammo biz hujjat topshirishingizga xizmat haqi evaziga yordam berishimiz mumkin.

  12. men bu yil tugataman demak kechikar ekanman
    keyingi yil yoki keyinroq ham ariza tuldirsa buladimi?

  13. мен ўқитувчиман. Яқинда ишга кирдим. инглиз тилини биламан аммо, тегишли сертификатим йўқ (масалан IELTS). Ўқиш ёки ишга бориш имкониятим борми?

  14. Farrux,

    IELTS testini topshirsangiz, grant yutish imkoniyatingiz oshadi. Maslahatimiz, shu imtihonni topshirib, keyin grant dasturlariga topshiring.

  15. Bir yil xitoy tilini o`rgatadi deb yozilgan. ammo xitoy tilini bilish minimumi bormi. yoki ingliz tilida so`raladimi?

  16. Jahongir,

    Xitoy tilida o’qimoqchi bo’lganlar oldindan xitoy tilini bilishi shart emas. Bir yil o’qigandan keyin, shu tildan imtihon topshirishadi va imtihondan o’tganlar o’qishga qabul qilinadi.

  17. Salom men andijon masinasozlik institutini magistraturasida 2 kursda ukiyman soham METROLOGIYA DAVLAT STANDARTI SERTIFIKATLASHTIRISH PATENTLASH VA SIFATNI BOSHKARISH soham boyicha yonalish bormikin

  18. salom mentor men bu yil tugatdim bakalavriyatni ingliz tili buyicha 2016 yilgi qabul uchun qatnashsam buladimi

  19. Salom. Universitet saytida darslar xitoy tilida o’qitiladi, ba’zi darslar ingliz tilida o’qitilishi mumkin deb yozilgan shu haqida to’liqroq ma’lumot bersangiz. Raxmat.

  20. Jasur,

    Deyarli barcha darslar ingliz tilida bo’ladi. Istasangiz, xitoy tilidagi darslarni olishingiz mumkin.

  21. Salom Mentor. Bu universitetga qabul qachon boshlanadi? I’ll wait for your answer

    please

  22. online ariza topshirishda sponsor sgencyga nima yozamiz iltimos shu haqida ma’lumot bersangiz