Polshada 6 oylik treyning uchun YuNESKO stipendiyasi

0
528 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Polsha

Ariza topshirish muhlati: 14-aprel 2017-yil

Kim uchun: barcha uchun

Umumiy ma’lumot:

Bu stipendiya dasturi turli xil davlatlar vakillarida xalqaro bilimlarni hamda munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, barcha rivojlanayotgan davlat vakillarini Polshada 6 oylik treyning davomida  Texnologiya va Ingenering sohasida o’zlarining tadqiqot ishlarini qilish imkonini beradi.

Grant miqdori:

Dastur Polsha va YuNESKO tomonidan ta’minlanib,  turar joy, safar, ta’lim xarajatlari va 1600 PLN ( 4PLN=1$) miqdordagi oylik stipendiya bilan ta’minlaydi.

Kim uchun:

  • Nomzod kamida bakalavr bosqichini tamomlagan bo’lishi lozim.
  • Ingliz tilini bilishi lozim.
  • Sog’lom bo’lishi lozim.
  • Qo’shimcha talablar tadqiqot qilinadigan sohaga qarab talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi:

Nomzod quyidagi barcha hujjatlarni belgilangan kungacha o’zlarining mamlakatlardagi YuNESKO offisiga hamda elektron pochtaga jo’natishi lozim.

  • YuNESKO stipendiya dasturi uchun anketani tibbiy qismi bilan to’liq to’ldirilgan shakli;
  • 2 ta nomzodning 3×4 rasmi;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi hujjat;
  • Ta’lim darajasi haqidagi hujjat ( Bakalavr, Magistratura)
  • 2 ta tavsiyanoma;

Shu bilan birga dastur uchun SHU YERDA onlayn ro’yhatdan o’tish lozim.

YuNESKO ning O’zbekistondagi manzili: Tashkent shahri, Ergashev ko’chasi,  9, 100084
Telefon: + 998 71 120 71 16

Fax: + 998 71 120 71 59

E-mail: tashkent@unesco.org

Stipendiya uchun taqdim qilingan ilova:  SHU YERDA

Batafsil ma’lumot:  SHU YERDA

Orazbayeva Sayyora tayyorladi

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib, xabardor bo`ling!