×

Postdoktor darajasi uchun AQShda Fulbrayt stipendiya dasturi


Grant

MUHLAT

20.10.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1416 marta

Fulbrayt tadqiqotchilar uchun bir yillik akademik almashinuv dasturi doirasida AQSh universitetlaridan birida postdoktorlik ilmiy tadqiqotini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturani tugatganlar

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • AQShga borish-kelish safar xarajatlari;
  • AQShda ilmiy tadqiqot olib borish bilan bog’liq xarajatlar;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Professional va madaniy rivojlanish resurslariga ega bo’lish uchun moliyaviy yordam dastur tomonidan qoplanadi.

Talablar:

Kim uchun:

  • O’zbekiston fuqarolari. Nomzod ariza topshirish davomida O’zbekistonda istiqomat qilayotgan bo’lishi lozim;
  • Doktorantura va unga teng darajaga ega yoki ariza topshirish vaqtida kamida 15 yillik ish tajribasiga ega;
  • Ingliz tilini ilmiy tadqiqot olib bora oladigan darajada biladigan shaxslar. Agar arizachi tanlab olinsa, nomzodning ingliz tilini bilish darajasi AQSh elchixonasida yakkama-yakka suhbat davomida tekshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi. Ariza to’ldirish uchun mazkur saytda ro’yxatdan o’tish lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!