RFTJ federal davlat muassasasining ilmiy loyihalar tanlovi RFTJ federal davlat muassasasining ilmiy loyihalar tanlovi
Qayerda: Rossiya Kim uchun: 35 yoshdan oshmaganlar Ariza topshirish muhlati: 25-sentabr 2017-yilgacha Grant turi: Amaliyot “Rossiya fundamental tadqiqotlar jamg‘armasi” federal davlat muassasasi Rossiya Federatsiyasining... RFTJ federal davlat muassasasining ilmiy loyihalar tanlovi

Qayerda: Rossiya

Kim uchun: 35 yoshdan oshmaganlar

Ariza topshirish muhlati: 25-sentabr 2017-yilgacha

Grant turi: Amaliyot

“Rossiya fundamental tadqiqotlar jamg‘armasi” federal davlat muassasasi Rossiya Federatsiyasining bir qator ilmiy tashkilotlarida fan nomzodlari va fan doktorlari rahbarligida yosh olimlar tomonidan bajariladigan ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Dasturni o‘tkazishdan maqsad, butun dunyodan yosh olimlarni jalb qilgan holda, ularga PhD yoki fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini yakunlashga zarur bo‘lgan natijalarni olishga ko‘maklashishdir.

Tayyorlanadigan loyiha 2017-yil 1-sentabrdan 2018-yil 31-iyulgacha amalga oshirilishi, yakuniy muddatda kamida bitta maqola tayyorlab tahririyatga yuborish talab etiladi. Fundamental ilmiy tadqiqotlar 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan muddatda bajarilishi lozim.

Shuningdek, loyihaning ijrochisi Rossiya Federatsiyasi subyekti hududida joylashgan ilmiy tashkilotda ishlamasligi va Rossiya muassasalarida tahsil olmayotgan bo‘lishi kerak.

Tanlovga quyidagi sohalar bo‘yich ilmiy loyihalar taqdim etilishi mumkin:

  • Matematika, mexanika va informatika;
  • Fizika va astronomiya;
  • Kimyo va materialshunoslik;
  • Biologiya va tibbiy fanlar;
  • Yer to‘g‘risidagi fanlar;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuter tizimlari;
  • Muhandislik fanlarining fundmental asoslari;
  • Tarix, arxeologiya va etnografiya;
  • Iqtisod fanlari;
  • Falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, huquqshunoslik va ilmshunoslik;
  • Filologiya va san’atshunoslik;
  • Global muammolar va xalqaro munosabatlar;
  • Odamni o‘rganish bo‘yicha keng qamrovli tadqiqot, psixologiya, pedagogika, odamning salomatligi va ekologiyaning ijtimoiy muammolari.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Jamg‘arma loyihani amalga oshirish uchun oyiga 120 000 rubl (bugungi kurs bo‘yicha 2029 AQSh dollari) miqdorda grant beradi.

Arizalar joriy yilning 25-sentabr soat 17:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.