Rivojlanayotgan mamlakatlarda masofaviy o’qish bo’yicha grant

0
259 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Mazkur grant faqat Buyuk Britaniya Hamdo’stlik davlatlari uchun! O’zbekiston fuqarolari ushbu grantda ishtirok etaolmaydilar. Ushbu maqola faqat ma’lumot olish uchun chop etilmoqda!

Qayerda : Buyuk Britaniya

Ariza topshirish muhlati: 2017-yil 12-may

Kim uchun: Rivojlanayotgan mamlakatlar fuqarolari

Grant miqdori:   To’liq , 18000 funt. Bu miqdor barcha mukofot elementlarini qoplashi kerak, jumladan, o’qish uchun to’lov , qabul qiluvchilar granti uchun va boshqa britaniya yashash xarajatlari uchun.

Grant turi:

–  Magistratura uchun

Umumiy ma’lumot:

MASOFAVIY O’QISH HAMDO’STLIGI stipendiyalari rivojalanayotgan mamlakatlar fuqarolari uchun taklif qilinadi. Bu stipendiyalar  Buyuk Britaniya xalqaro rivojlanish maqsadlarida, Britaniya Oliy ta’limida Oliy ta’limni qo’llab-quvvatlash uchun, Hamdo’stlik tamoyillarini barqarorlashtirish  va Britaniya  keng xorijiy manfaatlarga   hissa qo’shish maqsadida  Buyuk Britaniya xalqaro rivojlantirish bo’limi tomonidan moliyalashtiriladi.

 

Kim uchun:  O’z mamlakatlarida mavjud bo’lmagan mashg’ulotlarga qatnashishni xohlagan , o’zlarining o’qishlari davomida o’z mamlakatlarida qolishlari zarur yoki qolishlarini xohlagan, o’zlari egallagan bilim va liderlik qobiliyatlari bilan  o’z mamlakatlari rivojlanishini kuchaytirishni xohlovchi  bakalavr darajasiga ega talabalar

                Masofaviy o’qish hamkorligi stipendiyalari rivojlanayotgan mamlakatlarda mahalliy provayderlar bilan hamkorlikda taklif qilingan Magistratura kurslarini qo’llaydi.

Bu grantga ariza topshirish uchun siz:

  • Rivojalanayotgan hamdo’stlik mamlakat fuqarosi yoki Britaniya himoyasidagi fuqaro
  • Hozirda rivojlanayotgan hamdo’stlik mamlakati rezidenti bo’lishingiz kerak.

 Hujjat topshirish tartibi:  Siz Masofaviy o’qish stipendiyasi sxemasiga kiritilgan Britaniya universitetlaridan biriga Magistraturaga kirish  uchun hujjat topshirishingiz kerak.

Universitetlar ro’yxati

Siz o’zingizning arizangizni  Elektron Arizalar tizimidan ( Electronic Application System) foydalangan holda tayyorlashingiz lozim. Elektron arizalar tizimidan qanday qilib foydalanish  uchun batafsil ma’lumot SHU YERDAN olishingiz mumkin.

Hujjat topshirishdan oldin siz Britaniya topshirayotgan universitetingiz hujjat qabul qilish talablarini o’rganib va ariza topshirish tartibini o’rganishingiz kerak. Ko’pchilik universitetlar o’zlarining  alohida ajratilgan sanasi mavjud bo’lgan qabul qilish formasini to’ldirishni talab qilishlari mumkin.

 Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni SHU YERDAN olishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba:  SHU YERDA

Maqol muallifi:  Bekzod Sultonov

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib xabardor bo`ling!