×

Rossiyada zamonaviy duet raqs festivalida qatnashish uchun imkoniyat


Grant

MUHLAT

30.04.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

1610 marta

«Muloqot raqsi» (Dialogue Dance) notijorat tashkiloti Rossiyaning Kostroma shahri Stansia san’at maydonida 2015-yilning 17-20-oktabr kunlari «Diversiya» zamonaviy duet raqs festivalini tashkil etmoqda. Mazkur xalqaro festivalda dunyoning turli davlatlaridan san’atkor raqqos va raqqosalar ishtirok etadi.

Festivalda raqqos va raqqosa juftliklari 15-60 minut oralig’ida o’z ijrolarini katta sahnada namoyish qilishi lozim.

Kim uchun:

Festivalda raqqos va raqqosalar yoki san’at guruhlari ishtirok etishi mumkin.

Grant miqdori:

«Diversiya» festivali ishtirokchilarning festival kunlarida yashash xarajatlarini hamda Rossiyaning ichidagi transport xarajatlarini qoplaydi. Tashkilotchilar ishtirokchilarning Rossiyaga borish-kelish hamda viza xarajatllarini qoplashga ham yordam beradi. San’atkorlarga ijrolari uchun gonorar berilmaydi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza materiallari:

  1. Arizani SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin;
  2. Guruh (tashkilot) va/yoki raqqos va raqqosaning rezyumesi;
  3. Festivalda namoyish qilinadigan ijodiy ishning ijrosi saqlangan DVD.

Barcha ariza materiallari quyidagi manzilga yuborilishi kerak:

156002, Кострома, ул. Ерохова, 3a
Арт-площадка СТАНЦИЯ (Фестиваль Диверсия 2013)

Ariza bo’yicha savollaringiz bo’lsa, ularni dialoguedance@gmail.com manziliga yuborishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!