×

Chexiya Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik Instituti hozirgi va yangi O’rta Osiyo tarixini o’rganishga PhD (doktorantura) darajasi uchun grant


Grant

MUHLAT

19.05.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Chexiya Respublikasi

O'QILGAN

2426 marta

Chexiya Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik Instituti doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qildi.

Grant kimlar uchun?

Markaziy Osiyo davlatlari fuqorolari, Afg’oniston, Pokiston va G’arbiy Xitoy hududida yashovchilar Markaziy Osio tarixi, Markaziy Osiyoni o’rganish, Islom dinini o’rganish, Antropologiya sohasiga qiziquvchi doktorantura darajasini olganlar uchun.

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nomzodlar oyiga 1500-1600 Yevro, tibbiy va ijtimoiy sug’urta bilan ta’minlanadi. Soliqlar hisobga olinmagan. Nomzodlar qo’shimcha moliyaviy bonuslar bilan taqdirlanishi mumkin.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

Markaziy Osiyo davlatlari fuqorolari, Afg’oniston, Pokiston va G’arbiy Xitoy hududida yashovchilar

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlar rezyume, nashr qilingan maqolalarini topshirishi, 3-5 sahifali mo’ljallayotgan tadqiqot ishida nima uchun shu mavzuni tanlganligi haqida tushuntirish kerak bo’ladi. Ko’pi bilan 20 sahifalik nashr qilingan maqolalar (writing samples), 2 sahifada tadqiqot ishi haqida umumiy xulosa (Dissertation Abstract), ikkita tavsiyanomalarni exnerova@orient.cas.cz elektron manziliga jo’natish lozim bo’ladi.

Barcha arizalar, hujjatlar, dastur haqidagi takliflar va savollarni exnerova@orient.cas.cz elektron manziliga jo’natilishi kerak.

Saidov Sobit tayyorladi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!