×

Islom taraqqiyot bankining Yosh mutaxassislar dasturi


Grant

MUHLAT

28.02.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Saudiya Arabistoni

O'QILGAN

3675 marta

Yosh mutaxassislar dasturi (YPP) – Islom taraqqiyot bankida (ITB) mutaxassislik bo’yicha mehnat faoliyatini rivojlantirish imkoniyatidir. Dastur ITB guruhining vazifalarini amalga oshirish va uning maqsadlariga erishish uchun yordam berishi mumkin bo’lgan yosh bitiruvchilar uchun mo’ljallangan.

Ushbu dastur har bir yosh mutaxassis uchun turli sohalarda ishlash orqali ITB turli xil tadbirlarida qatnashish va tajribaga ega bo’lish imkonini beradi. Ishtirokchilar dastlab HRMD ikki hafta Orientation bosqichidan o’tadilar. So’ngra, Foundation bosqichida 27 oy ITB bo’limlarida ishlaydilar.

Ishtirokchilar, shuningdek,  murabbiylar va soha vakillaridan, treninglardan o’zlariga kerakli bilim va ko’nikmalarni oladilar. Muvaffaqiyatli dasturni tamomlagandan so’ng, ishtirokchi asta-sekin ITB guruhida o’z sohasi bo’yicha yuqoriga ko’tarilib boradi.

Grant kimlar uchun?

Oliy o'quv yurti bitiruvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Talablar:

  • Nomzod 32 yoshdan oshmasligi lozim.
  • Ta’lim, Iqtisod, Moliya,Buxgalteriya, Biznes boshqaruvi, Muhandislik, Axborot texnologiyalari, Qonun yoki xalqaro bank markazlarining ishiga tegishli har qanday boshqa mutaxassisliklardan birida Bakalavr darajasigaega bo’lishi lozim.
  • Ilmiy muvaffaqiyatga erishgan va barcha ko’rsatkichlari a’lo bo’lishi lozim.

(Misol sifatida, GPA 4 ballik baholash tizimida ko’rsatkichi kamida 3.5ga teng bo’lishi lozim.)

  • Ingliz tilini bilishi lozim.
  • Nomzod fuqorolikka ega bo’lgan davlat ITB ga yoki Musulmon Davlatlar Jamiyatiga a’zo bo’lishi lozim.
  • Hech qanday ish tajriba talab etilmaydi, ammo tajribaga ega bo’lgan nomzodlar ham topshirishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga tanlov jarayoni:

  1. Arizalar 2017-yil davomida qabul qilinadi.
  2. Barcha nomzodlar 2018-yilning yanvardan iyulgacham tanlov bosqichlari bo’lib o’tadi.
  3. Yakuniy suhbat Jiddada ITB markazida o’tkaziladi
  4. Muvaffaqiyatli nomzodlar bank tomonidan taklif yuboriladi va taklif qabulqilinganidan keyingi olti oy davomida dasturda ishtirok etish boshlanadi.
  5. ITB xalqaro tashkilot bo’lib, Saudiya Arabistoni Qirolligi Jiddada joylashgan qarorgohida o’z faoliyatini olib bormoqda. Shuning uchun, barcha qatnashchilar davlat qonun-qoidalariga rioya etishlari va ularga bo’ysunishlari talab etiladi. Nomzodlar ish vizasini Saudiy Arabiston hukumati tomonidan olmagunlarigacha, joriy ishlarini tark etmasliklari tavsiya etiladi.

Hujjat topshirish tartibi:

Nomzod dasturga onlayn tarzda ariza topshirishlari mumkin. Quyidagi barcha hujjatlarni ariza to’ldirish mobaynida yuklashlari lozim.

  • Nomzodning yangillangan holatdagi CV hujjati;
  • Bakalavr darajasi diplomi ilovasi bilan birga;
  • Magistratura darajasi dilomi ilovasi bilan birga;
  • Boshqa ilmiy darajalari to’g’risidagi hujjatlar.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!