×

Markaziy Osiyo-Ozarbayjon stipendiya dasturi!


Grant

MUHLAT

23.04.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1621 marta

Jorj Vashington universiteti – Elliott nomidagi Xalqaro munosabatlar maktabining Markaziy Osiyo-Ozarbayjon stipendiya  dasturi  olimlar, hukumat amaldorlari, siyosat mutaxassislari, inson huquqlari va siyosiy faollarni, hamda ilmiy-tadqiqot va tahliliy ko’nikmalarini oshirish va izlashni istaydigan yosh mutaxassislarni arizalar topshirishga taklif qiladi. Dastur Markaziy Osiyo, Ozarbayjon hamda AQSh davlatidagi mutaxassislari o’rtasidagi intellektual munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Dastur stipendiantlari 5 oy Washington, Nyu-Yorkda yashaydilar, hamda ulardan seminarlar, mahorat darslari va treninglar ishtirok etib, biron-bir mavzu bo’yicha bir siyosiy qisqa maqola  yozish va ikki davlat seminarlarida o’z ilmiy tadqiqotlarini taqdim etish talab qilinadi.

Grant kimlar uchun?

MALAKALI MUTAXASSISLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

3 ta stipendiant kuzgi dasturga tanlab olinadi. Ular oylik 3000$ AQSh dollari miqdoridagi stipendiya, sayohat va viza xarajatlari bilan ta’minlanadi.

Talablar:

  • Yoshi 25 va 40 yoshgacha bo’lgan bo’lishi kerak;
  • Quyidagi olti mamlakatdan birining fuqarosi bo’lishi kerak: Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va ayni paytda olti mamlakat birida istiqomat qilishi kerak;
  • Hukumat, siyosat, akademik doiralar, inson huquqlari, yoki demokratiya sohalaridan birida o’z bilimlariga ega bo’lishi kerak;
  • Akademik nomzodlar magistr darajasiga ega va siyosatga yo’naltirilgan faoliyatda tajribaga ega bo’lishi lozim.
  • Yozma va og’zaki ravon ingliz tili sohibi bo’lishi kerak.

Nomzodlar joriy yilning May oyi oxiriga qadar tanlanadi, hamda e-mail orqali xabar beriladi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!