×

Moskvada liderlar uchun xalqaro sammit


Grant

MUHLAT

01.08.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

2422 marta

Shu yilning 24 – 30-avgust kunlari Moskva liderlar uchun xalqaro sammitga mezbonlik qiladi. Sammit professional mutaxassislar tomonidan bir hafta mobaynida intensiv o‘qitish orqali global rahbarlarni tayyorlashni maqsad qilgan. Dastur psixologiya, sotsiologiya, siyosat, falsafa, biznes va texnologiya umumlashmasi orqali muvaffaqiyatli rahbarlik qobiliyatini shakllantiradi. Shuningdek, taniqli diplomatlar, jurnalistlar, davlat xizmatchilari, olim va yetuk mutaxassislar bilan xalqaro munosabatlar sohasida suhbatlar tashkil etiladi. Notiqlikni rivojlantirish, do‘stlar doirasini kengaytirish, mansab pillapoyalaridan yuqorilash uchun zarur ko‘nikmalarini hosil qilish barobarida, dunyoning eng katta shaharlardan biri hisoblangan Moskvaga amaliy tashrifga ega bo‘lasiz.

Ushbu sammitga ishtirok pulli bo‘lib, 1500 AQSH dollarini tashkil etadi. Lekin, tashkilotchilar faoliyatingiz to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotnomalaringizga qarab 600, 750, 900 AQSH dollargacha stipendiya bilan ta’minlashi mumkin. Bu uchun ariza to’ldirish kerak bo’ladi. Dastur ta’lim, turar joy, ovqat, shahar bo‘ylab transportni o‘z ichiga oladi.

Sammitning ishchi tili – ingliz tili. Dastur yakunida ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • Tadbirkorlar, mutaxassis va olimlar 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • Talabalar va yoshlar 18 yoshdan kichik bo‘lmasligi;
  • Ilgari mazkur sammitda ishtirok etmagan bo‘lishi;
  • Ingliz tilida qiynalmasdan muloqo qila oladigan darajada bo’lish.

Dasturga kelishi uchun viza olishi shart bo’lgan nomzodlar 2017-yilning 17-iyuligacha, viza talab qilinmaydigan nomzodlar 2017-yilning 1-avgustigacha ariza topshirishlari lozim.

Batafsil ma’lumot: SHU YERDA.

Qiziqtirgan boshqa savollar yuzasidan pgls@pglf.org va kuzina@universitas.ru elektron manzillariga yoki +7 495 642 9246 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

18 – 40 YOSHLILAR.

Batafsil ma'lumot uchun link

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!