×

Vesterville yosh dasturchilar uchun grant dasturi -2017


Grant

MUHLAT

30.04.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1570 marta

Vesterville yosh yaratuvchilar dasturi – 2017 va Berlinda (Germaniya) shu yil 13-16-sentabrda bo’lib o’tadigan yosh yaratuvchilar konferensiyasi-2017 uchun arizalar qabul qilinmoqda. Vesterville yosh yaratuvchilar dasturi hamkorlikni qo’llab quvvatlaydi.

Vesterville yosh yaratuvchilar dasturi butun dunyo bo’ylab o’zaro hamkorlikni qo’llab quvvatlaydi, yosh tadbirkorlar va innovatsion g’oya va fikrlar egalarining xalqaro fikr almashish sohasida ish olib boradi. Bu jamg’arma global miqyosda insonlarni va g’oyalarni bir-biri bilan bog’lashga va o’zaro aloqalar va innovatsiyalar yaratish uchun xizmat qiladi.  Ushbu dastur konfliktlar va  ularga qarshi kurashishda ham jamoatchilik bilan hamkorlikni qo’llab quvvatlaydi.

Yosh yaratuvchilar dasturining tarkibiy qismi sifatida, Vesterville jamg’armasi har yili o’tkaziladigan Berlindagi konferensiyaga – Yosh yaratuvchilar konferensiyasiga  mezbonlik qiladi.  Uning asosiy maqsadi: rivojlanayotgan mamlakatlardan bo‘lgan yosh yaratuvchilarni bir-biri bilan va Germaniyaning kichik biznes sohasi bilan tanishtirishdir. Yosh yaratuvchilar konferensiyasi-2017 ishtirokchilari muvaffaqiyatli nemis tadbirkorlari va siyosatchi davralari hamda rivojlanayotgan mamlakatlardan bo’lgan ishtirokchilar bilan tanishish va ular bilan fikr almashish imkoniga ega bo’ladilar.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

1 yillik dastur davomida siz quyidagilarga ega bo’lasiz:

–           2017-yil 13-dan 16-sentabrlargacha Berlinda bo’lib o’tadigan Yosh yaratuvchilar konferensiyasida ishtirok etish;

–           mentorlik dasturi

–           tadbirkorlik konferensiyalar uchun taklifnomalar va grantlar;

–           onlayn seminarlar va treninglar

–           xalqaro grant oluvchilar tarmog’i tadim etiladi.

Sayohat va turar joy xarajatlari Vesterville Jamg’armasi tomonidan qoplanadi.

Talablar:

  • Arizachi qisqa vaqt ichida (0 yildan 5 yilgacha) foydali biznes modeli bilan korxonasi uchun ishlashni boshlaga­­n bo’lishi;
  • Rivojlanayotgan davlatlardan biridan bo’lishi va kuchli biznes g’oyalarga ega bo’lishi;
  • Ingliz tilini yetarli darjadagi bilimga ega bo’lishi;
  • Qat’iy o’rnatilgan yosh chegaralari bo’lmasa-da bizning dasturimizdagi tadbirkorlar asosan 20-35 yoshlar oralig’ida bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Shuni e’tiborga olingki, xorijiy ishtirokchilar Germaniyaga kirish uchun sayohat hujjatlariga (viza, agar zarur bo’lsa) va yaroqli sayohat tibbiy sug’urtasiga ega bo’lishi kerak.

Ko’p So’raladigan Savollar (FAQs)

Kim yosh yaratuvchi hisoblanadi? Men muayyan bir yoshda bo’lishim shartmi?

Biz uchun yosh yaratuvchi o’z shaxsiy firmasini yaqin vaqt ichida boshlagan bo’lishi kerak (odatda so’ngi 5 yil ichida). Qat’iy o’rnatilgan yosh chegaralari bo’lmasa-da bizning dasturimizdagi tadbirkorlar asosan 20-35 yoshlar oralig’idalar.

Men ishtirok etish uchun tadbirkor bo’lishim shartmi?

Umuman, ha. Yosh yartuvchilar dasturining maqsadi yosh tadbirkorlarni qo’llab quvvatlashdir. Agarda siz ushbu sohaga yaqin bo’lgan sohalardan bo’lsangiz (incubator, akselerator, VC jamg’armasi) baribir bu dasturga topshirishingizni tavsiya qilamiz va tadbirkorlar bilan fikr almashinuvi har ikki tomon uchun ham manfaatli bo’ladi. Biroq, mentorlik dasturi faqat tadbirkorlar uchun to’g’ri keladi.

Yosh yaratuvchilar dasturida qatnashish uchun to’lashim kerakmi?

Vesterville Jamg’armasi 13-16 sentabr 2017 yil Berlin, Germaniyada bo’lib o’tadigan Yosh yartuvchilar koonferensiyasi davomida qaytish parvozingiz, turar joy va oziq ovqat  harajatlarini qoplab beradi.   Sog’lik sayoxat sug’urtasi, viza va shaxsiy xarajatlar ishtirokchilarning o’zlari tomonidan qoplanadi.

Yil davomida , biz tekin Skayp orqali mentoring sessiyalari va boshqa onlayn treninglarni olib boramiz.    Bundan tashqari, sizda Vesterville jamg’armasi orqali butun dunyo bo’ylab boshqa tadbirkorlik bo’yicha grantlariga topshirish va tadbirlorlik konferensiyalariga  qatnashish imkoni bo’ladi.

Ishtirokchilar qanday asosda tanlanadi? 

Ariza topshiruvchilar yozma arizalariga ko’ra birinchi bo’lib tanlab olinadi.  Tanlab olingan kandidatlar Skayp orqali bo’ladigan suhbatga taklif qilinadi.   Arizalar va Skayp orqali o’tkazilgan suhbat natijalari hakamlar hay’ati tomonidan ko’rib chiqiladi va tanlangan nomzodlar Yosh yartuvchilar dasturida qatnashish uchun taklif qilinadi.

Men qabul qilinganligimni qachon bilishim mumkin? 

Arizlar topshirish uchun oxirgi muxlat 30 aprel, 2017 yil.  Skype orqali suhbat May oyining boshlarida  so’ngi natijalar May oyining  oxirlarida e’lon qilinadi.  May oyining oxirlarigacha barcha ishtirokchilarimizni natijalar to’g’risida xabardor qilamiz.

Hujjat topshirish uchun ariza blankasini 2017 yilning 30 apreligacha to’ldiring.

Eshnazarov Jahongir tayyorladi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!