«Sahar» maktabida Yetakchilik (liderlik) va rahbarlik asoslari onlayn kursi «Sahar» maktabida Yetakchilik (liderlik) va rahbarlik asoslari onlayn kursi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Internetda Ariza topshirish muhlati:  2015-yil 12-iyun Kim uchun: Barchaga ochiq... «Sahar» maktabida Yetakchilik (liderlik) va rahbarlik asoslari onlayn kursi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Internetda

Ariza topshirish muhlati:  2015-yil 12-iyun

Kim uchun: Barchaga ochiq

Grant miqdori:  Kurs bepul

Kurs davomiyligi: 6 hafta

Umumiy ma’lumot:

Bu kursning asosiy maqsadi ijtimoiy tadbirkorlikka qadam qo‘ygan yoshlarga yetakchilik sirlarini o‘rgatish va ularning rahbarlik qobiliyatlarini kuchaytirish.

O‘qish davomida ishtirokchilar ekspertlar va shuningdek, o‘z guruhlaridagi boshqa talabalar bilan internet orqali o‘zaro aloqa olib borish, fikr va mulohazalar almashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, ular yetakchilik va rahbarlik borasidagi qiziqarli maqolalar va yuksak natijalarga erishgan o‘zbekistonlik ijtimoiy tadbirkorlarning hayotiy hikoyalari bilan maktab sayti orqali tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kursning haftalik mavzulari quyidagilardan iborat:

  • Kirish haftasi. Ishtirokchilar bilan tanishish. Kurs rejasi, talab va qoidalar bilan tanishish.
  • Birinchi hafta: Ijtimoiy tadbirkorlik tushunchasi. Ijtimoiy ehtiyojlarni tushunish, ma’lumot yig‘ish va g‘oya yaratish
  • Ikkinchi hafta: Strategik rejalashtirish va SWOT tahlilini qo‘llash.
  • Uchinchi hafta: Loyiha guruhini (komanda) tashkil qilish. Guruhni boshqarish va jamoada qaror qabul qilish usullari
  • To‘rtinchi hafta: Loyihaning yuksak vazifa va ustivor maqsadlarini aniqlash
  • Beshinchi hafta: Ishonchli va natijali muloqot olib borish (kommunikatsiya) qobiliyatlari.
  • Oltinchi hafta: Muammolarni strategik jihatdan hal qilish va qaror qabul qilish.

Kurs o’zbek tilida olib boriladi.

Kim uchun:

Har qanday odam hujjat topshirishi mumkin. Ishtirokchilarni saralash quyidagi mezonlarga asoslanadi:

  • Ishtirokchilarning jamiyat rivojiga hissa qo‘shish istaklari;
  • Kurslarda faol qatnashish va kurs talablarini o‘z vaqtida muvafaqqiyatli bajarishga qat’iy ahd qilishlari.

Grant miqdori:

Kurs bepul o’qitiladi. Ushbu kursni samarali tamomlaganlarga sertifikat beriladi va ular maktabning boshqa kurslarida qatnashish uchun yo‘llanma oladilar.

Ariza to’ldirish tartibi:

Kurslarga yozilish uchun oldin maktab saytida ro’yxatdan o’ting va so‘ng SHU YERDAgi ariza formasini to‘ldiring. Ro’yxatdan o’tganingizdan so’ng, email manzilingizga tasdiqlovchi xat olasiz. Shuning uchun email manzilngizni arizani topshirishan oldin tekshirib ko‘ring. Agar tasdiqlovchi xat kelmasa, info@saharschool.org manziliga yozing.

Maktab ma’muriyati faqat kursga qabul qilinganlar bilan bog’lanadi. Odatda, kursga qabul qilinganlik haqidagi xabar kurs boshlanishidan 2 hafta oldin qabul qilingan ishtirokchilarning email manzillariga yuboriladi.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

  • Abdumalik

    05/29/2015 #1 Author

    shu tanlovga qatnashmoqchiman.yordam bering.

  • Abdulaziz

    05/29/2015 #2 Author

    Sahar onlayn maktabi qiziqarli chatlari bilan zo’r, kurslada ishtirok etingla, manga yoqdi

  • Sarvinoz

    05/29/2015 #3 Author

    Qaysi maktabga murojat qilish kerak ? Bunda talabalar ham qatnashishi mumkinmi?

  • Mentor

    05/29/2015 #4 Author

    Sarvinoz,

    Talabalar ham qatnashishi mumkin. Tepada ro’yxatdan o’tish va ariza topshirish uchun vebsayt manzillari berilgan.

  • Mentor

    05/29/2015 #5 Author

    Abdumalik,

    Kursga yozilish uchun oldin ro’yxatdan o’tish kerak. Tepada ro’yxatdan o’tish uchun va ariza topshirish uchun vebsayt manzillari yozilgan. O’sha yerdan kirib ariza topshirasiz.

  • Gulruxsor

    06/01/2015 #6 Author

    Mazkur kursga yozilgandim bir necha oy oldin. Ro’yxatdan o’tganim haqida xat kelgandiyu, shu paytgacha kurs boshlanishi haqida aytilmadi.