Samarqandda nemis tili kunlari

0
148 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda:  Samarqand (O’zbekiston)

Kurs sanasi:  06- 14 May, 2017 yil (jo’nab kelish 06, jo’nab ketish 14 May)

Ariza topshirish muhlati: 2017-yilning 20-martigacha

 Kim uchun:  O’zbekistoning barcha oliy o’quv yurtlarining birinchi va ikkinchi kurs (Bakalavr) talabari uchun  Samarqandda  yozgi kurs!

 

Tashkillashtiruvchi:  Anges Pahle

 Viloyatlik talabalarning arizalari ko’proq inobatga olinadi!

 Umumiy ma’lumot:

O`zbekistonning barcha viloyatlarida  tahsil olayotkan  talabalarning afsuski,  sharoit va imkoniyatlari bir xil emas, shuning uchun ham  biz 20 nafar O`zbekistonning turli hududlarida ta`lim olayotgan 1- va 2- kurs talabalariga bir haftada davomida faqatgina nemis tilidan bahramand bo’lishga imkoniyat bermoqchimiz. A2.2-  B1 darajasidagi intensiv Nemis tili kursi bilan birgalikda turli mavzudagi (Germaniya oliy yurtlariga o’qish uchun ariza topshirish bo’yicha mashg`ulotlar, Teatr o`yinlari, qo`shiqlar kuylash, madaniyatlararo muloqot va boshqalar) seminarlar taklif qilinadi. Yakunda talabalar o`zlaringni yutuqlarini(darajalarini) ko’rsatib beruvchi OnDaF-Test topshiradilar.

 Seminar dasturi:

Seminar bilan birgalikda turli xil  shahar bo’ylab sayohat, kino kechasi, birgalikda ovqatlanish, viktorina va shunga o‘xshash tadbirlarni  o’z ichiga oladi.

Turar joy, safar xarajatlari (Poyezd/Taksi), tushlik va 3 marta kechki ovqat ham tashkillashtiruvchi tomonidan qoplanadi. Qolgan barcha xarajatlarni ishtirokchi o’z bo’yniga oladi.

Dotsentlar:

Simon Kretschmer: O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Lektori

Margarete Buch:  O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti va Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Lektori

Ingrid Landes: Farg’ona Davlat Universiteti Lektori

Agnes Pahle:   Samarqand Davlat Chet Tillari Instituti Lektori

 Hujat topshirish tartibi:

  • Ariza formasi (Ilova);
  • Motivatsiya inshosi (maqsadlari aks etgan insho);
  • Pasport nusxasi;

Barcha hujjatlarni to’liq pdf formatida quyidagi email ga jo’natishingizni so’raymiz: lektorsamarkand@gmail.com

Ariza formasini  mana shu manzildan ko’chirib olishingiz mumkin.

https://www.facebook.com/StudiumInDeutschlandFuerUsbekistan/?fref=ts

Grantlar haqida birinchi bo’lib xabardor bo’lish uchun telegramdagi kanalimizga a’zo bo’ling: https://telegram.me/grantlar