×

San’atkorlar uchun Kushk stipendiya dasturi!


Grant

MUHLAT

15.04.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Eron

O'QILGAN

1545 marta

Umumiy ma’lumot:

Kushk stipendiya dasturi butun dunyodan san’atkorlar, kuratorlar, ilmiy izlanuvchilar, yozuvchilar va kino ijodkorlarini yig’ib, madaniy dialog o’rnatish va birgalikda san’at asarlarini yaratishga undaydi. Ushbu stipendiya dasturi ishtirokchilarga izlanish olib borish, ularni sinovdan o’tkazish, yangi yo’nalishlarni o’rganish, shaxsiy va kasbiy o’sish uchun katta imkoniyat yaratadi.

Dastur 2015-yil 1-31 iyul kunlari Tehron shahrida bo’lib o’tadi.

Kimlar topshirishi mumkin:

Dastur butun dunyodan arizalarni qabul qiladi. Unda ko’rgazmali san’at, dramaturgiya, musiqa va kino san’atida faoliyat yuritayotgan hamda 40 yoshdan oshmagan shaxslar ishtirok eta oladi.

Grant miqdori:

Kushk dasturi dastur bilan bog’liq barcha xarajatlarni qoplaydi. Ular ishtirokchi davlatidan Tehronga kelib ketish xarajatlari, turar-joy, yashash xarajatlarini o’z ichiga oladi.

Ariza topshirish tartibi:

Ariza onlayn shaklda SHU YERDA to’ldiriladi. Ariza shaklini to’ldirish uchun quyidagilarni oldindan tayyorlab ilova qilishingiz lozim:

  • Shaxsiy ma’lumot;
  • Rezyume;
  • Ikkita tavsiyanoma beruvchi shaxsning aloqa ma’lumotlari;
  • O’z ishingiz haqida ma’lumotnoma (Artist statement)
  • Dasturda ishtirok etishdan maqsadlaringiz ifodalagan qisqa insho;
  • Loyiha (ijod) taklifi;
  • Yaratgan san’at asarlaringizdan namunalar.

Ariza topshirishning so’nggi muhlati 2015-yil 15-aprel.

Dastur bilan bog’liq savollaringizni info@kooshkresidency.com manziliga yo’llashingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!