Savdo Sanoat palatasi Germaniyada stajirovka o‘tash uchun qabul e’lon qiladi

0
183 marta o'qildi

Qayerda: Germaniya

Ariza topshirish muhlati: 2017-yilning 28-fevralgacha

Kim uchun: Savdo sanoat palatasiga a’zo oliy ma’lumotlilar

Grant miqdori:  To’liq qoplanadi

Grant turi:

  • Stajirovka uchun

Savdo-sanoat palatasi GFR kompaniyalari bilan iqtisodiy kooperatsiyaning 4 yo‘nalishi bo‘yicha Germaniyada oylik stajirovka o‘tash uchun nomzodlarni qabul qilish haqida e’lon qildi.

Stajirovka yo‘nalishlari:

  • «Nemis korxonalari bilan umumiy iqtisodiy kooperatsiya» (2017 yil, iyun, 20 nafar kishi);
  • «Energiya samaradorligi sohasida iqtisodiy kooperatsiya» (2017 yil, sentabr, 2 nafar kishi);
  • «Chiqindilarni utilizatsiya qilish sohasida iqtisodiy kooperatsiya» (2017 yil, oktabr, 2 nafar kishi);
  • «Sog‘liqni saqlash sohasida iqtisodiy kooperatsiya» (2017 yil, noyabr, 5 nafar kishi).

Stajirovka ingliz tilida o‘tkaziladi. Hujjatlarni qabul qilish sanasi: 2017 yilning 30 yanvaridan 28 fevraliga qadar.

Ishtirok etish uchun zarur hujjatlar ro‘yxati:

  • Ishtirokchi anketasi;
  • Ish joyidan ma’lumotnoma;
  • Pasport nusxasi;
  • Mehnat daftarchasi nusxasi;
  • Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • SSPga a’zolik to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi;
  • Soliq organlaridan qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • Tijorat bankidan qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.

Stajirovka vaqtida Germaniyada o‘qish va yashash bo‘yicha barcha xarajatlar Germaniya Federal iqtisodiyot va energetika vazirligi tomonidan qoplanadi. Bunda aprel oyida Toshkentda 6 kunlik stajerlarni o‘qitish bo‘yicha majburiy tayyorlov kursida ishtirok etish yuzasidan ovqatlanish va aviauchish uchun  xarajatlar yuborayotgan korxona (yoki ishtirokchilarning o‘zlari) tomonidan to‘lanadi.

Nomzodlarni tanlashda ishtirok etish uchun  majburiy mezonlar:

  • Savdo-sanoat palatasiga a’zolik;
  • Nomzodning o‘rta yoki yuqori boshqaruv bo‘g‘ini menejeri sifatidagi staji – kamida oxirgi 2 yil;
  • Nomzodning yoshi –45 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • Oliy ma’lumot;
  • Ingliz tilida erkin so‘zlashish va yozish.

Bu muhim!  

Tanlash bo‘yicha intervyuga faqat Savdo-sanoat palatasi a’zosi bo‘lgan tadbirkorlar qo‘yiladi. Intervyu ingliz tilida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatda ko‘rsatilgan barcha hujjatlar (anketani www.chamber.uz saytidan yoki SPPning «Telegram»dagi rasmiy boti « (@uzchamber_education_bot)» orqali yuklab olish zarur) fayl jildda biryo‘la to‘liq hajmda va qog‘ozda Savdo-sanoat palatasida quyidagi manzil bo‘yicha taqdim qilinadi: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 4. To‘ldirilgan anketa va pasportni elektron shaklda  sa.babakulov@chamber.uz pochta qutisiga jo‘natish zarur.

Stajirovka bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni (+998 71) 150-60-06 (Sardor Babakulov, bosh mutaxassis) telefon raqami orqali olish mumkin.
Hujjatlarni yuklab oling:

Anketa

Loyiha haqida ma’lumotnoma

Loyiha haqida flayer

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

Grantlar haqida birinchi bo’lib xabardor bo’lish uchun telegramdagi kanalimizga a’zo bo’ling: https://telegram.me/grantlar