Shvarzmen Grantlar Dasturi orqali Xitoyda magistratura o’qish imkoniyati

72
393 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

ayerda: Xitoy

Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 15-sentabr

Kim uchun:  18-28 yoshdagilar

Grant miqdori: To’liq

Umumiy ma’lumot:

Shvarzmen Grant Dasturi Xitoyning Tsinghua universitetida bir yillik magistratura dasturiga grant imkoniyatlarini e’lon qiladi. O’qish 2017-yilning yozida boshlanadi va har yili 100 talabani qabul qiladi. Dastur butun dunyodan yoshlarni turli yo’nalishda magistraturada o’qitish bilan birga ularda liderlik sifatlarini rivojlantirishga urg’u beradi.

Kim uchun:

  • Bakalavr diplomiga ega yoki 2017-yilning iyul oyigacha bakalavr diplomiga ega bo’ladigan talabalar;
  • Bakalavrni qaysi sohada o’qiganligi ahamiyatga ega emas;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijalari (TOEFL yoki IELTS);
  • 2016-yilning 30-iyuniga qadar kamida 18 yoshga to’lgan va 28 yoshdan oshmaganlar ariza topshirishi mumkin.

Grant miqdori:

  • O’qish xarajatlari;
  • Turar-joy;
  • Talabaning o’z davlatidan Xitoyga kelib ketish xarajatlari;
  • O’qish materiallari, kitoblar;
  • Mamlakat ichkarisiga sayohat va o’qish;
  • Lenovo laptopi va smartfon telefoni;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Oylik stipendiya dastur tomonidan qoplanadi.

Oilali shaxslar ham dasturda ishtirok etishi mumkin. Dastur tomonidan qoplanadigan tekin turar-joy talabalar yotoqxonasi sifatida beriladi va yotoqxonada oilali talabalar yashashiga imkon yo’q. Oilali talabalar universitet hududidan tashqarida yashashlari mumkin, ammo ijara haqini to’lashga talabaning o’zi javobgar bo’ladi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn to’ldiriladi va intervyu ham o’tkazilishi mumkin. Quyidagi hujjatlarni topshirish talab qilinadi:

  • To’ldirilgan onlayn ariza shakli SHU YERDA  – bu o’z ichiga dasturda ishtirok etishdan maqsadlarini ifodalagan qisqa insho va ilova qilinishi kerak bo’lgan hujjatlarni ham oladi;
  • Diplomning baholar ilovasidan nusxa –talabalar uchun baholar varaqasining hozirgacha o’tilgan semestrlaridan nusxa;
  • 3 ta elektron shaklda yuborilgan tavsiyanoma;
  • 3 ta yo’nalishda yozilgan insho;
  • Rezyume;
  • Ariza topshirish vaqtida talaba bo’lgan arizachilar universitetlarining baholash shakli.

Ariza to’ldirishning so’nggi muddati 2016-yil 15-sentabr. Tanlov natijalari 2016-yil dekabr oyining o’rtalarida e’lon qilinadi. Dastur 2017-yil yozda boshlanadi.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

72 Izohlar

  1. Salom!
    Mani oilali bulganim sabab, bu dastur juda qiziqtirib qo’ydi…
    Oila bilan ijaraga yashaladigan bo’lgani uchun stipendiya miqdori haqida ma’lumot bera olasizmi va
    IELTS balli nechchidan yoqori bo’lishi kerak?
    Oldindan rahmat!

  2. Kamola,

    Stipendiyaning aniq summasi haqida ma’lumot berishmabdi. IELTS bo’yicha minimum ball 7 so’ralgan.

  3. Ielts orniga hsk boladimi? Kn Hitoydagi oqish angliyskiyda olib boriladimi ?

  4. Nodira,

    O’qish ingliz tilida bo’ladi. Shuning uchun TOEFL yoki IELTS qabul qilishadi.

  5. Dilfuz,

    Nemis tili yo’nalishi bo’yicha magistratura o’qishni nazarda tutyapsizmi? Bu yo’nalish bormi yo’qmi, avval shuni tekshirish kerak.

  6. Salom!
    Ma’lumot uchun rahmat!Agar bakalavrni dual degree UK bilan o’qigan bo’lsa IELTS shartmasmi?

  7. Dilmurod,

    Agar bakalavrni Angliyada o’qigan bo’lsangiz, sizga IELTS shart emas.

  8. Manda IELTSdan 5.5 ball bor. shu ball bilan mazkur grantga hujjat topshirsam bo’ladimi?

  9. Jasur,

    Siz xohlagan yo’nalish bo’lmasligi mumkin. Asosiy yo’nlishlar: Economics and Business, International Studies va Public Policy.

  10. Hulkar,

    Dastur talabi bo’yicha, o’qishni to’liq ingliz tilida davlat tili ingliz tili bo’lgan davlatda o’qisangizgina sizdan TOEFL/IELTS so’ralmaydi.

  11. Turin Politexnika Universitetini tugatgan bakalavrlardan ham Ielts yoki toefl sertifikatlar talab qilinadimi? Turinda ingliz tilida ku shundogam o’qishlar.

  12. Arslan,

    Bu savolga yuqorida javob berilgan. O’zbekistonda davlat tili ingliz tili emas. Rasmiy tili ingliz tili bo’lgan mamlakatda ingliz tilida o’qisangizgina, sizdan TOEFL/IELTS talab qilinmaydi.

    Lekin bakalavrni, qayerda bo’lishidan qat’i nazar, to’liq ingliz tilida o’qiganlar uchun TOEFL/IELTS talab qilinmaydigan grant dasturlari boshqa davlatlarda bor. Bu haqda yordam olishni istasangiz, bizga axborot@grantlar.uz manzili orqali bog’laning.

  13. Yuqorida yonaliwlarni keltirbsiz, bundan bowqa yonaliwlar yoqmi (masalan, farmatsevtika)?

  14. Agar bakalavr Dipolm Hindistonniki busa Ielts shartmasmi? hozirdagi undergraduate talabarai dan Institutional Assessment form suralgan, bu form uzimiz hozirgi uqivotgan universitetdan olinadimi?

  15. Sulton,

    Yo’nalishlar: Economics and Business, International Studies va Public Policy

  16. Izzat, IELTS yoki TOEFL kimlardan so’ralishi haqida yuqorida javob berganman.

  17. Assalomu alekum ,man ieltsni endi oqivoman,oktyabrga testga royxattan otganman,ielts sertificatni keyinro yuvorsa boladimi,masalan oktyabrni ortalarigaaa)))javob uchun oldindan raxmat

  18. Mentor, bu yil bakalavrni tugataman, recommendation kimladan bo’lishi kerak? Institutional Assessment Form -kimdan olinadi?

  19. Anonymous,

    Tavsiyanoma universitetdagi professor-domlalaringizdan bo’lgani yaxshi.

  20. ham elektron imzo so’ralgan? Institutional Assessment Form bilan shu ikkisini tushinmadim

  21. Salom, men chet tili institutida tarjimonlik bo’yicha bakalavriatman. Menga yo’nalishim bo’yicha biror taklif bera olasizmi? Avvalda rahmat.

  22. tavsiyanoma emas, mening yo’nalishimga mos maslahat demoqchiman.

  23. A’zamjon,

    Yo’nalishingiz aynan mos kelmasa ham, «International Studies va Public Policy» kabi yo’nalishlarga topshirishingiz mumkin. Albatta, shu sohalarga qiziqishingizni ko’rsatib bera olishingiz kerak.

  24. Anonymous,

    Elektron imzo anketani to’ldirishda oxiriga qo’yiladigan oddiy imzoga o’xshagan narsa. Ism famiiyangizni to’liq kiritishingiz so’raladi, odatda. Boshqa maxsus talabi yo’q.

    «Institutional Assessment Form» qayerda o’qishingiz, nima va qaysi darajada o’qiyotganingiz va qachon bitirishingiz kabi oddiy savollar so’ralgan. Buni universitetingizdagilar to’ldirib berishadi. Bu formni qanday to’ldirish haqida to’liq ma’lumot quyidagi manzilda berilgan:
    http://schwarzmanscholars.org/campus-contacts

  25. bakalavrni keyingi oy bitiraman, demak men uchun shartmasmi “Institutional Assessment Form” ?
    diplom kopiya va ilova kifoyami?

  26. Sarvinoz,

    Buni dastur tashkilotchilariga xat yozib so’rab ko’rish kerak.

  27. Agar o`qish Uzbekiston yevropa unverstitutida bo`lgan bo`lsa masalan Turinda Ielts topshirish shartmi?

  28. IELTS dan 6 balim bor, lekin o’zim linkdan kirganimda 7 ball so’raganini topolmadimku

  29. Orifjon,

    Turinda to’liq ingliz tilida o’qigan bo’lsangiz, IELTS shart emas. Ilgari shart deb yozishgan edi, hozir bu talabni olib tashlashibdi.

  30. Matematika yo’nalishi bo’yicha ham magistraturadao’qishni davom ettirsa bo’ladimi? Shunday yo’nalish bormi?

  31. Amoriya,

    BU dasturda aynan matematika yo’nalishi yo’q, lekin xohlasangiz, mavjud yo’nalishlarga topshirishingiz mumkin.

  32. Yosh chegaralangan ekan? Man 31 yoshdaman, ishtirok etishim mumkinmi yoki yuq?

  33. Nargiza,

    Dastur talabiga ko’ra, 28 yoshdan oshmaganlargina qatnashishi mumkin.

  34. salom
    men Uzbekistondagi Singapur universiteti talabasiman, magistraturani Xitoyda davom qildirishim un IELTS topshirishim shartmi chunki bizada darslar to’liq ingliz tilida olib boriladi

  35. Siz aytayapsizki Mdisni bitirgandan keyin Ielts shart emas deb lekin Uzbekiston davlat tili ingliz tili emasku

  36. Shokhrukh,

    Ilgari faqat davlat tili ingliz tili bo’lgan universitetlardan IELTSsiz qabul qilamiz, degan shart bor edi. Hozir shu shartni ko’rmadim, olib tashlashibdi.

  37. uzur birinchisi adashib jo’natilib ketdi.. men hali ielts band ga ega emasman , shunga ariza topshirganda ielts sertifikati zarurmi yoki keyinroq taqdim qilsam ham bo’ladimi noyabrda topshiradigon edim

  38. Assalomu aleykum, ielts band ga hali ega emasman, shu yili bakalavr bo’ldim, iyulgacha ielts topshirib ariza topshirsam bo’ladimi?

  39. Mohigul,

    Men grant tashkilotchilari bilan bog’landim. Ariza topshirish muhlatigacha IELTS yoki TOEFL baliga ega bo’lishingiz kerak ekan.

  40. salom men bu yil ingliz tili yunalishini tamomladim bakalavriyatni
    mana wu grantda qatnashmoqchiman nimalar maslahat berasizlar?

  41. salom mentor meni savolim wuki bu yil kuzda qanaqa grantlar bor magistraturaga xitoy davlatiga
    javob uchun oldindan raxmat

  42. Qadrli Mentor va Schwarzmanscholars dasturiga ariza toplayotganlar, Men barcha kerakli hujjatlar, sertifikat va insholarni uploaded qildim, ammo education history section dagi talab qilingan malumotlarni kiritishda muammoga duch kelyapman, dastlab ularning university name bazasida mening universitetim topilmadi, shuning uchun universitetim nomini ular maslaxatiga asosan pastdagi maydonga yozdim ammo SCHOOL NOT FOUND deb belgilamaguncha keyingi malumotlar save qilib bolmamayapdi, kim shunday muammoga duch keldi va sizlar nima qildinglar? Hurmatli Mentor menga maslaxat bering oldindan rahmat

  43. bu grantga application nini tayyorlab yurganlar bormi, yoki nima balo faqat men topshiryapmanmi?

  44. salom biz Japan tilini bilamiz bizam xujjat topshirsak bo’lorami

  45. Men Xitoyda neyroxirurgiya yo’nalishi bo’yicha ilmiy ishim sababli ilmiy izlanishlar qilmoqchi edim. Men 1 kurs magistrman. Shu sohada maslahat kerak menga.
    Toshkentdagi ofis manzilizi ayting usha yerga o’taman.

  46. Мен инглиз тилини жуда тез ўрганмоқчиман. Оилалиман. Инглиз тилини осон ва тез ўргатадиган сайтлари тавсия қилинглар, илтимос!!!