×

Shvetsiya universitetlarida magistratura o’qish uchun davlat granti


Grant

MUHLAT

16.01.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

2532 marta

Shvetsiya Instituti tashkiloti hamda Shvetsiya elchixonasi hamkorlikda Shvetsiya davlati grant dasturini taklif qiladi. Dastur Shvetsiya Insituti tashkiloti tomonidan qoplanadi va talabalar Shvetsiyadagi turli universitetlarda o’z sohalari bo’yicha magistraturada o’qish yo’nalishlarini tanlashi mumkin.

Dasturdan maqsad rivojlanayotgan davlatlarda ochlikning oldini olish va jamiyatda iqtisodiy yuksalishga erishish. Dasturda ishtirok etgan talabalar o’z davlatlarida jamiyat hayotida faol ishtirok etib, iqtisodiy va ijtimoiy o’sishga hamda taraqqiyotga hissa qo’shishi kutiladi.

Magistratura dasturi ikki yil davom etadi va dastur ingliz tilida olib boriladi. Arizachilar dastur saytida berilgan Shvetsiyadagi universitetlar hamda ulardagi yo’nalishlarni tanlash imkoniga ega bo’ladi. Grant dasturi qamrab oladigan o’qish yo’nalishlarining ro’yxati noyabr oyi oxirida SHU YERDA e’lon qilinadi.

Grant kimlar uchun?

BALAKAVR DIPLOMIGA HAMDA 2 YILLIK TAJRIBAGA EGA BO'LGANLAR

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Universitetda o’qish xarajatlari;
  • Yashash uchun oylik stipendiya (SEK 9000);
  • Safar xarajatlari uchun bir marta to’lanadigan mablag’ (SEK 15000) dastur tomonidan qoplanadi.

Talablar:

Kim uchun:

  • Rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan arizachilar (O’zbekiston ham ro’yxatda bor);
  • Bakalavr darajasiga ega;
  • Magistratura dasturida to’liq shaklda o’qishni rejalashtirayotgan;
  • Hujjat topshirayotgan sohasiga tegishli sohada kamida ikki yillik tajribaga ega (volontyorlik, amaliyot, yarim stavkada ishlash ham hisobga kiradi);
  • Liderlik ko’nikmalariga ega;
  • Muqaddam Shvetsiyada ikki yildan ortiq muddat yashamagan yoki Shvetsiya universitetlarida diplom olmagan arizachilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish taritibi:

Ariza topshirish ikki bosqichdan iborat bo’lib,

1-bosqich uchun arizalar 2016-yil 1-dekabrdan 2017-yil 16-yanvargacha qabul qilinadi;

Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o’tganlar 2-bosqich uchun 2017-yil 1-10-fevral kunlari ariza topshiradi.

Dasturga hujjat topshirish uchun, avvalo, dasturda ishtirok etayotgan universitet hamda yo’nalish uchun universitetning o’ziga alohia hujjat topshirish lozim. Universitetlarga ariza SHU YERDA (O’zingiz xohlagan universitet va yo’nalishni qidirib topishingiz kerak) topshiriladi. Arizachilar ariza topshirish uchun 900 SEK ($100) to’lovni 2017-yil 1-fevralga qadar to’lashi lozim.

Birinchi bosqich uchun onlayn ariza topshirish manzili 1-dekabr kuni ochiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!