×

Shvetsiya universitetlarida magistratura o’qish uchun Shvetsiya davlat granti dasturi!


Grant

MUHLAT

15.01.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

4322 marta

Shvetsiya Instituti tashkiloti hamda Shvetsiya elchixonasi hamkorlikda Shvetsiya davlati grant dasturini taklif qiladi. Dastur Shvetsiya Insituti tashkiloti tomonidan qoplanadi va talabalar Shvetsiyadagi turli universitetlarda o’z sohalari bo’yicha magistraturada o’qish yo’nalishlarini tanlashi mumkin.

Dasturdan maqsad rivojlanayotgan davlatlarda ochlikning oldini olish va jamiyatda iqtisodiy yuksalishga erishish. Dasturda ishtirok etgan talabalar o’z davlatlarida jamiyat hayotida faol ishtirok etib, iqtisodiy va ijtimoiy o’sishga hamda taraqqiyotga hissa qo’shishi kutiladi.

Magistratura dasturi ikki yil davom etadi va dastur ingliz tilida olib boriladi. Arizachilar dastur saytida berilgan Shvetsiyadagi universitetlar hamda ulardagi yo’nalishlarni tanlash imkoniga ega bo’ladi. Grant dasturi SHU YERDA mavjud yo’nalishlar bo’yicha o’qish imkoniyatini taklif qiladi.

Grant kimlar uchun?

BALAKAVR DIPLOMIGA HAMDA 2 YILLIK TAJRIBAGA EGA BO'LGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant miqdori:

  • Universitetda o’qish xarajatlari;
  • Yashash uchun oylik stipendiya (SEK 9000);
  • Safar xarajatlari uchun bir marta to’lanadigan mablag’ (SEK 15000) dastur tomonidan qoplanadi.

Talablar:

Kim uchun:

  • Rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan arizachilar (O’zbekiston ham ro’yxatda bor);
  • Bakalavr darajasiga ega;
  • Magistratura dasturida to’liq shaklda o’qishni rejalashtirayotgan;
  • Hujjat topshirayotgan sohasiga tegishli sohada kamida ikki yillik tajribaga ega (volontyorlik, amaliyot, yarim stavkada ishlash ham hisobga kiradi);
  • Liderlik ko’nikmalariga ega;
  • Muqaddam Shvetsiyada ikki yildan ortiq muddat yashamagan yoki Shvetsiya universitetlarida diplom olmagan arizachilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish ikki bosqichdan iborat bo’lib,

1-bosqich uchun arizalar 2015-yil 1-dekabrdan 2016-yil 29-yanvargacha qabul qilinadi;

2-bosqich uchun arizalar 2016-yil 8-13-fevral kunlari qabul qilinadi.

Dasturga hujjat topshirish uchun, avvalo, dasturda ishtirok etayotgan universitet hamda yo’nalish uchun hujjat topshirish va unda Shvetsiya Instituti grant dasturiga ham ariza formasini to’ldirish lozim. Arizachilar ariza topshirish uchun 900 SEK to’lovni 2016-yil 1-fevralga qadar to’lashi lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!