Siyosiy tilshunoslik bo‘yicha yozgi maktab Siyosiy tilshunoslik bo‘yicha yozgi maktab
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Nijniy Novgorod (Rossiya). Kim uchun: OTMlarning 2 – 4-kurs talabalari.... Siyosiy tilshunoslik bo‘yicha yozgi maktab
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Nijniy Novgorod (Rossiya).

Kim uchun: OTMlarning 2 – 4-kurs talabalari.

Ariza topshirish muhlati: 1-iyun 2017-yil.

Grant turi: Yozgi bepul maktab.

Umumiy ma’lumot

Iqtisodiyot Gumanitar Oliy Maktabi Nijniy Novgorodda “Mediatizatsion siyosatning yangi muammolari” mavzusidagi siyosiy tilshunoslikning to‘rtinchi Yozgi maktabida ishtirok etish uchun butun dunyodan OTMlarning 2 – 4-kurs talabalarini taklif etadi. Professional fikr almashinuv sifatida tajribali tadqiqotchilar o‘rtasida, shuningdek siyosiy tilshunoslikning MDH doirasidagi ilmiy maktablar jalb etilib, Yozgi maktab davomida “Sharq-G‘arb siyosiy tilshunosligi va xalq diplomatiyasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar ham tashkil etiladi.

 Yozgi maktab davomida ishtirokchilarga:

  • Siyosiy sohada yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni o‘rganish usullari;
  • Zamonaviy til usullari, siyosiy media kommunikatsiyalari tahlili;
  • Siyosiy aloqa haqida turli media vositalari orqali ommaviy jalb etishga katta e’tibor qaratish.

Maktab o‘qituvchilari:

 Olga Yuriyevna Malinovna (Moskva);

  • Yuriy Lvovich Troiskiy (Moskva);
  • Nadejda Konstantinovna Radina (Nijniy Novgorod);
  • Natalya Eduardovna Gronskaya (Nijniy Novgorod);

Grant miqdori:

  • Yashash va ovqatlanish;
  • Nijniy Novgorod safar xarajatlarini qatnashchilarga qaytarib to‘lash;

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • OTMlarning 2 – 4-kurs talabasi bo‘lishi;
  • Rus tilini bilishi;

Yozgi maktab 29-iyundan 2-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Rus tili ishchi  til hisoblanadi. Ishtirok etish uchun movitsion xatni (250 – 300 so‘z) politics2017ss@yandex.ru manziliga 2017-yilning 1-iyunigacha bo‘lgan muddatda yuborish lozim. Natijalar 5-iyunda e’lon qilinadi.

 Qiziqtirgan boshqa ma’lumotlarga Rossiya Federatsiyasining Toshkentdagi elchixonasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri Mirobod tumani Nukus ko‘chasi 83-uy.

Tel: (0371) 2556299, 1407200.

      

Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi.

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.