Sochida XIX xalqaro yoshlar va talabalar festivali

0
178 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Sochi (Rossiya).

Kim uchun: 18 – 35 yoshli yoshlar.

Ariza topshirish muhlati: 15-may 2017-yil.

Grant turi: Festival.

1957-yil va 1985-yilda Rossiyada Xalqaro yoshlar va talabalar festivali bo‘lib o‘tgan. Mazkur an’anani davom ettirish hamda ularni zamonaviy tendensiyalar bilan birlashtirib, yana bir bor barcha qit’alardan vakillarni Sochiga chorlaydi. Festival 150 mamlakatdan keladigan 20 000 ishtirokchini qabul qilishga tayyor. Festival xalqaro munosabatlar, xalqaro va madaniyatlararo hamkorlikni targ‘ib qilish, uni yanada rivojlantirish, xalqaro yoshlar jamiyatini mustahkamlashga qaratilgan. Festivalning asosiy maqsadi – turli mintaqalardagi rahbarlarlik qobiliyatiga ega yoshlarni birlashtirish, shuningdek, eng dolzarb masalalar va muammolarga yangi avlod fikrini shakllantirishdir. Yoshlar muhokamasi BMT tomonidan qabul qilingan  Barqaror rivojlanishning 17 ta loyihasiga qaratiladi. Festival shu yil(2017)ning 14 – 22-oktabr kunlarida o‘tkaziladi.

 Grant miqdori:

 Bepul turar joy, oziq-ovqat, sport faoliyati;

  • Bepul viza;
  • Transport xarajatlari ishtirokchining o‘zi qoplashi zarur. Ayni paytda chiptalar narxini kamaytirish maqsadida dunyoning barcha nuqtalaridan Moskva shahriga to‘g‘ridan- to‘g‘ri parvozlar tashkil qilmoqda.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • 18 – 35-yosh bo‘lishi;
  • Yosh tashkilotchilar, jurnalistlar, sportchilar, ijodkor shaxs (rassom, musiqachi, yozuvchi, rejissor)lar, IT va muhandislik mutaxassislari, tashkilotlar, siyosiy partiya xodimlari, o‘qituvchilar, yosh olimlar, tadbirkor rahbarlar;
  • Rus tili va madaniyatidan xabardor nomzodlar;

Batafsil ma’lumot: SHU YERDA

       Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi.

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib, xabardor bo`ling!