«Startup Tashabbuslari» biznes g’oyalaringizni amalga oshirishda yordam beradi «Startup Tashabbuslari» biznes g’oyalaringizni amalga oshirishda yordam beradi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Toshkent Ariza topshirishning so’nggi muhlati: 2016-yil 12-fevral Kim uchun: Dasturda... «Startup Tashabbuslari» biznes g’oyalaringizni amalga oshirishda yordam beradi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Toshkent

Ariza topshirishning so’nggi muhlati: 2016-yil 12-fevral

Kim uchun: Dasturda oliy o‘quv yurtlarining barcha talabalari va xodimlari, shuningdek o‘qituvchi va tadqiqotchilari ishtirok etishlari mumkin.

Grant: Biznes murabbiy, treninglar, hamkorlar va mahsulotlarni investorlarga taqdim qilish imkoniyati

Umumiy ma’lumot:

“Startup” Tashabbuslari O’zbekiston Respublikasi Savdo-Sanoat palatasi, Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi, BMT Taraqqiyot Dasturi va SASOL tomonidan tashkil etilgan bo’lib, startaplarni intensiv qo‘llab-quvvatlash dasturi talabalar uchun o‘z innovatsion startaplarini ochish va tadbirkorlik soxasida o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratadi.

Kim uchun:

Dasturda oliy o‘quv yurtlarining barcha talabalari va xodimlari, shuningdek o‘qituvchi va tadqiqotchilari ishtirok etishlari mumkin.

DASTUR QATNASHCHILARI QANDAY IMKONIYTLARGA EGA BO‘LADILAR?

  • Yakka xoldagi biznes-murabbiy (treker) ning maslaxatlarini olish
  • Loyihani amalga oshirish yo‘l haritasini biznes murabbiy bilan birgalikda ishlab chiqish
  • Tematik o‘quv-mashg‘ulotlarda va bozor ekspertlarining maxorat darslarida ishtirok etish
  • Mahsulot yoki xizmatning minimal ishchi modelini yaratishga, uni sinash va mijozlar fikrini o‘rganishga ko‘mak
  • Istiqboldagi hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish va mijozlar jalb qilishga yordam
  • Istiqboldagi investorlarga loyihani taqdim qilish imkoniyati (Demo Day)

NIMA UCHUN BU DASTURDA QATNASHISH LOZIM?

  1. BEPUL

Dastruda loyiha bilan qatnashish bepul

  1. TEZ

Dasturni amalga oshirishning qisqa muddati davomida siz nafaqat g‘oyangizni sinab ko‘rasiz, balki o‘z biznesingizni boshlashingiz ham mumkin

  1. FOYDALI

Dasturda qatnanshish orqali siz o‘zbekistonda biznes boshlash va yuritish masalalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar olasiz

LOYIHALARNI TANLASH MEЪZONLARI NIMALAR?

  • G‘oya yoki loyiha dastur formatiga va oliy o‘quv yurti ustivor yo‘nalishlariga mos kelishi
  • Loyihaning texnologik jixatdan yangiligi va amaliy bajarish imkoniyati, raqobatchilardan farqlanishi va keng ommalashish istiqboli
  • Yakuniy mahsulot yoki hizmat bozorga yo‘naltirilganligi va foyda olish ko‘zlanganligi
  • Kamida ikki kishidan iborat dastur maydonida intensiv tarzda ishlashga tayyor jamoangiz mavjudligi

Ariza to’ldirish tartibi:

  1. “Ariza yuborish” tugmasini SHU YERDA bosing va taklif qilingan ariza shaklini to‘ldiring
  2. Arizalar asosida birlamchi tanlov o‘tkazish
  3. Agar sizning arizangiz tanlab olinsa siz suhbatga taklif qilinasiz
  4. Suhbatdan muvoffoqiyatli o‘tsangiz siz yakuniy tanlovga – loyihaning taqdimotiga (pitching) taklif qilinasiz.

Dastur bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha Bexzod Botirov, Loyiha rahbariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Tel.: +998 (71) 233-22-09b.botirov@chamber.uz, Facebook https://www.facebook.com/startupuzb/

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

  • Музаффар

    04/25/2016 #1 Author

    Ассалом алайкум хурматли лойихалар тақдимоти устиха жон куйдириб ишлаётган хамюртлар, рахмат лойиҳаларимизни бирма бир кўриб охирги босқичгача олиб келганлариз учун, миз жу интизор бўлиб лойиҳаларимиз жавобини кутяпмиз , қачонлар чиқиши мумкин «Start up» га топширган мавзуйимиз илтимос