«Sug’urta jurnalistlar nigohida» tanlovi

6
60 marta o'qildi

Bugungi kunda Respublikamizda sug‘urta sohasini rivojlantirish va uning iqtisodiy ko‘rsatkichlardagi o‘rnini oshirishga davlat miqyosida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada ijobiy natijalarga erishish uchun avvalo aholining sug‘urta haqidagi bilimi va madaniyatini oshirish, ularning sug‘urta haqida to‘liqroq ma’lumot olishlariga imkoniyat yaratish zarur. Bundan tashqari Davlatimizda har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega ekanligi Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan, ushbu me’yorlar O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi kabi bir qator qonunlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, milliy sug‘urta bozoridagi sug‘urta tashkilotlarining o‘rni va faoliyatini keng jamoatchilikka atroflicha etkazish, bu boradagi targ‘ibot va tashviqot ishlarini takomillashtirish maqsadida “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida “Sug‘urta jurnalistlar nigohida” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Ushbu tanlovning o‘tkazilishidan asosiy maqsad aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyati, mohiyatini hamda sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini oshirish, davlatimiz tomonidan aholiga sug‘urta faoliyatida yaratilayotgan keng imkoniyatlarni tushuntirish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish, milliy sug‘urta bozorida sug‘urta tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan sifatli sug‘urta xizmatlarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish, sug‘urta sohasida olib borilayotgan namunali ishlarni respublika matbuoti hamda boshqa ommaviy-axborot vositalarida keng va atroflicha yoritilishi uchun jurnalistlarni jalb qilish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Tanlov materiallari quyidagi mavzuni aks ettirgan bo‘lishi lozim;

Sug‘urtaning ahamiyati hamda sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish va ommaviylashtirish bo‘yicha yoritilgan eng yaxshi material.

Yuksak saviyada aks ettirilgan mavzu bo‘yicha materiallar 4 yo‘nalishda – matbuot sahifalarida e’lon qilingan maqola, telekanallar orqali efirga uzatilgan ko‘rsatuv yoki lavhalar radioto‘lqinlar orqali uzatilgan eshittirishlar, internet sahifalariga joylashtirilgan maqolalar bo‘yicha aniqlanadi.

Tanlov Hay’ati tomonidan har bir yo‘nalishdan 1 (bir) nafardan g‘olib aniqlanib, 2016-yil 24-iyun kuni Milliy matbuot markazida “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” arafasida e’lon qilinadi. Tanlov g‘oliblari “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishadi.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

6 Izohlar

  1. Tanlovda faqatgina jurnalistlar qatnoasha oladimi yoki huquqshunoslar va boshqa soha vakillari hammi?

  2. Assalom alaykum hurmatli sayt hodimlari,
    Men chet el grantlariga juda ham qiziqaman. Shu maqsadda ushbu saytga a’zo bo’lmoqchiman. Hurmat bilan Faridjon Usmonov.