Global Ijtimoiy Tadbirkorlar Sammiti Tech-I Musobaqasi Global Ijtimoiy Tadbirkorlar Sammiti Tech-I Musobaqasi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: AQSh Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 15-yanvar Kim uchun: 18-40 yoshdagilar Grant miqdori: Sammitga qatnashish... Global Ijtimoiy Tadbirkorlar Sammiti Tech-I Musobaqasi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: AQSh

Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 15-yanvar

Kim uchun: 18-40 yoshdagilar

Grant miqdori: Sammitga qatnashish xarajatlari, kichik grant va mentorlik dasturi

Umumiy ma’lumot:

GIST Tech-I Musobaqasi har yili o’tkaziladigan tanlov bo’lib, endi rivojlanib kelayotgan iqtisodiyotli davlatlardan fan va texnologiyalar sohasida innovatsion g’oyalarga ega shaxslar uchun ochiq. Innovatsiya yaratuvchi ijtimoiy tadbirkorlar o’z g’oyalari yoki start-aplari haqida qisqacha ma’lumot va innovatsiyalarini namoyish qiluvchi videoni onlayn tarzda yuborishadi. So’ngra arizalar mutaxassislar tomonidan ko’rib chiqilib, finalistlarni aniqlash ommaning ochiq ovoz berishi orqali amalga oshiriladi. 30 ta finalist Global Ijtimoiy Tadbirkorlar Sammitigi (GES) ga bepul qatnashish (barcha xarajatlar qoplanad) imkoniyatini qo’lga kiritadi. Mazkur sammit har yili turli davlatlarda bo’ladi. 2016-yilgi sammit AQShda (Silicon Valley) o’tishi rejalangan. Sammitda ishtirokchilar o’zlarining g’oyalari yoki mahsulotlarini namoyish qilishadi va treningdan o’tishadi. G’oliblar kichik grantlarga ega bo’ladi hamda bir yillik mentorlik va trening dastriga qabul qilinadi.

Kim uchun:

Ilm-fan vakili, ijtimoiy tadbirkor, tadqiqotchi, innovator, talaba yoki start-ap egasi yoxud yaratuvchan g’oyaga ega har qanday shaxs musobaqada ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilarning yoshi 18 yoshdan 40 yoshgacha bo’lishi lozim.  G’oyalar yoki innovatsiyalar qishloq xo’jaligi, energiya, sog’liqni saqlash yoki axborot aloqasi va texnologiyasi sohalari uchun ochiq. G’oya yoki start-ap yangi innovatsiya, mahsulot, xizmat, ilova dastur (applikatsiya) yoki yuqoridagilarning jamlanmasi bo’lishi ham mumkin va shaklga hech bir chegara qo’yilmagan.

Grantlar.uz sharhi: Ariza to’ldirish va sammitga qatnashishda arizachilardan ingliz tilini bilish talab qilinadi. Musobaqada qatnashish uchun ingliz tilini juda zo’r bilishingiz yoki test natijalariga ega bo’lishingiz shart emas. O’tgan yillardagi Marokashda bo’lgan sammitda O’zbekistondan ham vakil ishtirok etgan.

Grant miqdori:

30 ta finalist sammitda qatnashish uchun yo’llanmani qo’lga kiritadi. Sammitga qatnashishning barcha xarajatlari qoplanadi.

Finalistlar orasidan tanlangan g’oliblarga kichik grantlar va bir yil davom etadigan mentorlik va trening dasturi taklif qilinadi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Arizalar onlayn shaklda to’ldiriladi va uch asosiy komponentdan iborat.

  1. Qisqa ma’lumot: G’oya, innovatsiya yoki mahsulotingiz haqida ingliz tilida qisqacha (750 so’zdan oshmagan) ma’lumot yozish.
  2. 90 sekundlik video: G’oya, innovatsiya yoki mahsulotingiz haqida 90 sekundlik video. Videoda g’oyangizni o’zingiz namoyish qilib, uning innovatsiion jihatlari va ahamiyatini tanishtirishingiz kerak. Video ingliz tilida yoki inglz tili subtitri ishlatilgan holda bo’lishi kerak.
  3. Onlayn ariza shaklida so’raladigan savollar.

Ariza topshirish muhlati tugashidan oldin ariza to’ldirish bo’yicha savollarga javob berish uchun vebinarlar o’tkaziladi.  Ular haqida SHU YERDA ma’lumot olishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Yuqoridagi grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

Aloqa:

E-mail: axborot@grantlar.uz

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

  • Dilmurod

    03/03/2015 #1 Author

    Friends !!! Please apply for GIST Tech-I 2015, its a great competition !! I was in GIST Tech-I 2014, I really like it! The most interesting thing is all your expenses covered !!!

  • Aziza

    01/09/2016 #2 Author

    Dilmurod 🙂 hi ! please can you give a little information about the program. I guess you are from Uzb.How was it??