Tadbirkorlar uchun: Mirzo Ulug’bek tumanidagi maktab oshxonalarini ijaraga berish bo’yicha tanlov e’lon qilindi

0
168 marta o'qildi

Qayerda: Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani

Ariza topshirish muddati: 2017-yilning 10-iyunidan 10-iyuligacha

Kim uchun: Tadbirkorlar uchun

Umumiy ma’lumot:

Mirzo Ulug’bek tumanida hokimligi tomonidan tuman umumiy o’rta ta’lim maktablarida sog’lom ovqatlanishni tashkil etish maqsadida maktab oshxonalarini ijaraga berish bo’yicha tanlov e’lon qilindi.

Tanlovda ishtirok etuvchilar arizalari 2017 yilning 10 iyundan boshlab 10 iyul soat 18:00ga qadar Mirzo Ulug’bek tumani Yalang’och mavzesi 27a-uy (Mirzo Ulug’bek tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi)da qabul qilinadi.

Tanlovda:

  • davlat ro’yxatidan o’tgan;
  • umumiy ovqatlanish bo’yicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan;
  • maxsus moddiy-texnika bazasi (zamonaviy texnologik jihozlar), oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlash texnologiyasi bo’yicha mutaxassislari mavjud bo’lgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin.

Topshiriladigan hujjatlar ro’yxati:

  1. Tanlovda qatnashish haqidagi ariza.
  2. Umumiy ovqatlanishni tashkil etish sohasidagi faoliyati, ish tajribasi to’g’risida ma’lumotnoma.
  3. Maxsus moddiy-texnika bazasi va oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi bo’yicha malakali mutaxassislar mavjudligi haqida ma’lumotnoma.
  4. Bo’sh aylanma mablag’lari mavjudligi to’g’risida bankning ma’lumotnomasi.
  5. Talabgorning ta’lim muassasasi oshxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo’yicha istiqbol rejasi va takliflari.
  6. Talabgor tomonidan tasdiqlangan mavsumiy namunaviy taomnomalar.

Hujjatlar talabgorlar tomonidan muhrlangan (agar muhr mavjud bo’lsa) konvertda tanlov komissiyasiga taqdim etiladi.

Tanlov 2017 yilning 20 iyul kuni soat 10.00da Mirzo Ulug’bek tumani Yalang’och mavzesi 27a-uy 1-xona (Mirzo Ulug’bek tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi)da boshlanadi.

Tanlovga oid qo’shimcha ma’lumotlar bilan m-ulugbekxtb.uz sayti orqali tanishishingiz va (99871) 230-40-82, 263-10-05 telefonlari hamda mirzo_ulugbek_txtb@xtv.uz elektron pochta manzili orqali murojaat etishingiz mumkin.

Oshxonasi tanlovga qo’yilayotgan Mirzo Ulug’bek tumani ta’lim muassasalari ro’yxati va manzillari:

Manba: SHU YERDA

Grantlar telegram kanaliga qo’shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo’lib, xabardor bo’ling!