Tadbirkorlar uchun Yevropa Ittifoqi davlatlarida malaka oshirish imkoniyati

1
93 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan birida

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 2-mart

Grant miqdori: Barcha xarajatlari qoplanadi (Samalyot xarajatlari uchun 400 yevro talab qilinadi)

Kim uchun: O’zbekiston fuqarosi bo’lgan tadbirkorlar

Amaliyot muddati: Ikki haftadan to’rt haftagacha

Umumiy ma’lumot:

Ushbu amaliyot “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash Dasturi – O’zbekistonda kichik va o’rta biznes rahbarlari salohiyatini mustahkamlash” dasturi orqali amalga oshirilmoqda. Yevropa Ittifoqi homiyligi ostida tashkil qilingan bo’lib, kichik va o’rta biznes tadbirkorlarining Yevropa Ittifoqiga a’zo 28 davlatida mahalliy tadbirkorlar bilan amaliyot o’tashini ko’zda tutadi. Dasturdan maqsad tadbirkorlarda korxonani boshqarish salohiyatini oshirishdan iborat.

Grant miqdori:

Dasturda qatnashish tekin. Barcha dastur bilan bog’liq xarajatlar, jumladan, viza, mehmonxona, ovqatlanish, tibbiy sug’urta dastur tomonidan qoplanadi. Ishtirokchilardan faqat samalyot xarajatlari uchun 400 yevro hissa qo’shishlari talab qilinadi.

Kimlar topshirishi mumkin:

Kichik va o’rta bizneslar uchun qo’yiladigan talablar:

  1. Ular SHU YERDA tilga olingan sohalardan birida faoliyat yuritayotgan bo’lishi lozim;
  2. Kompaniya 100% xususiy mulkdor tomonidan (80% mulk O’zbekiston fuqarosiga tegishli bo’lishi lozim) boshqarilayotgan bo’lishi lozim;
  3. Kamida 5 ta va ko’pi bilan 200 ta ishchi xodimi bo’lishi lozim;
  4. Davlatning soliq bo’yicha majburiyatlarini ado etgan bo’lishi lozim.

Korxona menejeriga qo’yiladigan talablar:

  1. Universitet diplomi;
  2. Kamida 4 yillik umumiy ish tajribasi;
  3. Kamida 2 yil boshqaruvchi-menejerlik lavozimidagi tajribasi;
  4. Kamida 3 kishi unga hisob beradigan o’rta va yuqori darajali menejerlik lavozimida bo’lishi;
  5. Ingliz tilida yoki amaliyot o’tashni istagan Yevropa Ittifoqi davlati tilida bemalol suhbatlasha olishi;
  6. Muomala qilish va taqdimot o’tkazish qobiliyati;
  7. Komputer va internet savodxonligi.

Topshirish lozim bo’lgan hujjatlar haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA (rus tilida).

Arizalar 2015-yilning 1-fevralidan 2-martiga qadar www.mtpeu.uz  saytida qabul qilinadi. Dastur bo’yicha qo’shimcha ma’lumot hamda ariza topshirish borasidagi savollar bilan dasturning internetdagi manziliga (www.mtpeu.uz) , telefon orqali 8-371-2335901 va 8-371-1506006 raqamlariga yoki elektron pochta orqali mtp@mtpeu.uz manziliga bog’lanish mumkin.

Malaka oshirish dasturining tanlash jarayoni va mezonlari haqida ko’proq bilish uchun «Malaka oshirish. Savollar va javoblar» (FAQ) bo’limiga murojaat qiling.

Qo’shimcha ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

1 izoh

  1. Blog va undagi qiirqailzk malumotlar uchun tashakkur!Fikrimcha, Zar qadrini zargar biladi deganlaridek, dasturchi yoki IT olami vakilillari kallasida nimalar o’ylab yurishini faqat IT chilar his qila olasa kerak.Ko’p maqolalaringizni o’qib chiqdim, manga juda ma’qul keldi. Ingliz-O’zbek tillarida yaxshi online lug’at ishlab turibdi, eslay olmagan so’zlaringizga yordam beradi degan umiddaman.