×

Tailand: To’liq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.03.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tailand

O'QILGAN

1856 marta

Tailandning Osiyo Texnologiyalar instituti (Asian Institute of Technology) magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun Kurita atrof-muhit va suv fondi (Kurita Water and Environment Foundation) tomonidan taqdim etiluvchi stipendiya dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

MAGISTRATURADA O'QISHNI XOHLOVCHILAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu stipendiyani qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Ro’yxatdan o’tish puli va kontrakt puli to’liq qoplab beriladi;
  • Tailandda yashash uchun yetarli bo’lgan oylik stipendiya bilan ta’minlanadi;
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplab beriladi;
  • Vizani yangilash xarajatlari qoplanadi;
  • Tadqiqot olib borish uchun sarflanadigan xarajatlar qoplanadi;
  • Tailandda borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

Faqat Osiyo davlatlari uchun

Talablar:

  • Nomzod Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi bo’lishi lozim;
  • Nomzod Osiyo texnologiyalar institutining magistrlik bosqichiga qabul qilish shartlariga javob berishi kerak. Ushbu shartlar bilan institutning rasmiy veb-saytiga kirib, kerakli yo’nalishni tanlash orqali tanishish mumkin.
  • Nomzdo 4 yillik bakalavr diplomiga ega bo’lishi lozim.
  • Ikkita tavsiyanoma.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak (TOEFL (Computer-based: 210 or TOEFL: 76) or IELTS: 6 (writing and overall) or AIT-EET Score score of 6 or equivalent).

Ushbu dasturga jismoniy qiyinchilik/kamchilikka ega nomzodlar topshirsa, ularga alohida imtiyozlar taqdim etilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Hujjat va ariza topshirishni SHU YERDA

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Asian Institute of Technology va Kurita Water and Environment Foundation

O’qish sohasi: Quyidagi yo’nalishlarga qabul qilingan/qilinadigan talabalr ushbu dasturga topshirishlari mumkin:

  • Water Engineering and Management (WEM ), School of Engineering and Technology (SET);
  • Environmental Engineering and Management (EEM ), School of Environment, Resources and Development (SERD);
  • Natural Resources Management (NRM), School of Environment, Resources and Development (SERD).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!