Takeda Jamg’armasining ijtimoiy tadbirkorlik bo’yicha tanlovi Takeda Jamg’armasining ijtimoiy tadbirkorlik bo’yicha tanlovi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Yaponiya Kim uchun: 40 yoshgacha bo’lganlar Mukofot miqdori: 1 million... Takeda Jamg’armasining ijtimoiy tadbirkorlik bo’yicha tanlovi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Yaponiya

Kim uchun: 40 yoshgacha bo’lganlar

Mukofot miqdori: 1 million yapon iyenasi

Ariza topshirishning so’nggi muhlati: 2016-yil 31-iyul

Umumiy ma’lumot:

Takeda Jamg’armasi yosh ijtimoiy tadbirkorlarga Takeda Yosh Ijtimoiy  Tadbirkor Mukofotini taqdim etadi. Mukofot yoshlarni dunyodagi ijtimoiy va texnologik ehtiyojlarga ijtimoiy tadbirkorlik yo’li bilan yechim topishga undaydi va ularni qo’llab-quvvatlaydi.

Kim uchun:

Tanlov butun dunyodan bo’lgan ishtirokchilarga ochiq bo’lib, unda 40 yoshgacha bo’lgan nomzodlar ishtirok eta oladi.

Mukofot miqdori:

Tanlov “Eng yaxshi ijtimoiy tadbirkor” hamda 5 ta ijtimoiy tadbirkorni g’olib deb tanlaydi. “Eng yaxshi ijtimoiy tadbirkor” jamg’arma tomonidan diplom, taqdirlov xati hamda 1 million yapon iyenasi miqdoridagi sovringa ega bo’ladi. 5 ta ijtimoiy tadbirkorning har biriga diplom, taqdirlov xati hamda 200 ming yapon iyenasi miqdorida mukofot beriladi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Mukofotga yosh ijtimoiy tadbirkorlar o’zlarinining nomzodlarini qo’yishlari yoki istalgan shaxs usbhu mukofotga loyiq deb bilgan shaxsning nomzodini ko’rsatishi mumkin.

Arizachilar avvalo jamg’arma saytida SHU YERDA ro’yxatdan o’tishi lozim. Shundan so’ng ariza shakli va arizani topshirish joyi haqida shaxsiy emailga xat yuboriladi. Ariza shaklini SHU YERDAN yuklab olish mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Yuqoridagi grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

Aloqa:

E-mail: info@grantlar.uz

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

  • Dilshoda

    07/09/2015 #1 Author

    Loyiha faqat ingiz tilida bayon etilishi kerakmi?

  • Mentor

    07/09/2015 #2 Author

    Dilshoda,

    Anketa va undagi loyiha bayoni ingliz tilida yozilishi kerak.

  • Mamura

    07/10/2015 #3 Author

    Har qanday soha vakillari ham qatnashsa bo’ladimi? masalan ingliz filologiyasini tugatganlar

  • Ayjamal

    07/14/2015 #4 Author

    salom. studentman, lekin tadbirkorlik bilan shugullanaman. loyiham bor, studentlar qatnashsa boladimi?

  • Ayjamal

    07/14/2015 #5 Author

    tadbirkorlarni royxatga olish dizimidan otgan bolishimiz kerakmi?

  • Sarvar

    07/15/2015 #6 Author

    Men bu tanlovga kerak bo’ladigan hujjatlar tayyorlash uchun qanday yordam olsam bo’ladi.

  • Mentor

    07/17/2015 #7 Author

    Sarvar,

    Bizga axborot@grantlar.uz orqali bog’lansangiz, sizga yordam berishimiz mumkin.

  • Mentor

    07/17/2015 #8 Author

    Ayjamal,

    Tadbirkor sifatida faoliyat yuritayorgan bo’lsangiz kifoya. Albatta, O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini yuritish bo’yicha mavjud qonun-qoidalar bor va ro’yxatdan o’tish talab qilinsa, ro’yxatdan o’tishingiz lozim bo’ladi. Lekin bu tanlovda qatnashishingiz uchun bu haqda ma’lumot so’ralmaydi.

  • Mentor

    07/17/2015 #9 Author

    Mamura,

    Kimlar qatnasha olishi yuqorida yozilgan. O’zingizni shu yo’nalishlardan biriga mos deb hisoblasangiz, topshiravering.

  • hindol

    04/19/2016 #10 Author

    Xurmatli mentor yoshim 23da bakalavrda o’qish uchun chet tilarini bilish shart bo’lmagan grant topsa bo’ladimi

  • XOjiakbar

    05/18/2016 #11 Author

    17 yoshlilayam borsa boladimi

  • Qilichbek

    05/21/2016 #12 Author

    Men milliy goya, ma’naviyat va huquq yonalishini tugatganman, chet elda qanday magistr oqiwlari bor menga mos yoki bowqa yonaliw boyicha oqisam boladi

  • Javlon

    06/23/2016 #13 Author

    Ariza topshirish uchun qandaydir biznesga oid fikr ham bildirish kerakmi?

  • Zilola

    07/02/2016 #14 Author

    Tanlov haqida yanada tõliq ma’lumotni qayerdan olish mumkin?

  • Zilola

    07/02/2016 #15 Author

    Tanlovda qatnashish uchun tadbirkorlik bilan shuğullanayotgan bõlish shartmi?

  • Мухаммаддиёр

    07/26/2016 #16 Author

    Ариза топширишнинг охирги куни хали келмаптию. Нимага факат маълумот олиш учун фойдаланиш керак? Ариза топшира олмаймизми энди?