Talabalar uchun Irlandiyada yozgi maktab Talabalar uchun Irlandiyada yozgi maktab
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Shimoliy Irlandiya, Birlashgan Qirollik Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 1-may Kim... Talabalar uchun Irlandiyada yozgi maktab
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Shimoliy Irlandiya, Birlashgan Qirollik

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 1-may

Kim uchun: Bakalavr va magistratura talabalari

Qachon: 2015-yil 22-26-iyun

Umumiy ma’lumot:

Ulster universiteti hamda Klinton xalqaro yozgi maktabi hamkorlikda  rivojlanayotgan mamlakatlar hamda muqaddam urush bo’lib o’tgan davlatlardan bo’lgan talabalarni bir haftalik yozgi kursga taklif etadi.

Yozgi maktab dasturi ijtimoiy tadbirkorlik, yetakchilik va jamoa bilan ishlash malakalarini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, talabalarni  o’z davlatlaridagi iqtisodiy rivojlanishga hamda ijobiy ijtimoiy o’zgarishlarga hissa qo’shishga tayyorlaydi. Dasturda ta’lim, sog’liqni saqlash, xavfsizlik hamda aloqa yo’nalishlaridagi yangi texnologiyalarning tinchlik va mojarolarni yechish jarayoniga qanqay ta’sir qilishi o’rganiladi.

Kim uchun:

  • 20 dan 26 yoshgacha bo’lgan bakalavr hamda magistratura talabalari;
  • Yetakchilik layoqatiga ega bo’lganlar;
  • Texnologiya yordamida o’z davlatiga foyda keltirish haqida rejaga ega yoki shunday reja tuzishga layoqatli bo’lganlar;
  • Universitet tomonidan yaxshi tavsiyanomaga ega bo’lganlar;
  • Etnik yoki diniy nizolar borasida yoki qashshoqlik bilan ishlash bo’yicha tajribaga ega bo’lganlar;
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan talabalar (Ingliz tilini bilishni tasdiqlovchi test natijalari, ya’ni IELTS yoki TOEFL talab qilinmaydi).

Grant miqdori:

Quyidagilar yozgi maktab tomonidan qoplanadi:

  • 1000 dollargacha yo’l xarajati (agar yo’l xarajati 1000 dollardan oshsa, qolgan qismiga talaba o’zi javobgar bo’ladi);
  • Ulster universitetining Magi Kampusidan bepul turar-joy;
  • Magi kampusida bepul kechki ovqatlar beriladi, qolgan vaqtda oziqlanish uchun stipendiya beriladi;
  • Mavzuga taalluqli joylarga uyushtiriladigan sayohat xarajatlari.

Quyidagi xarajatlar qoplanmaydi:

  • Tibbiy sug’urta;
  • Viza to’lovlari.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi. Arizada shaxsiy ma’lumotlar bilan birgalikda yozgi maktab mavzusiga doir bir necha savollar beriladi va ularga kichik insholar yozish bilan javob berasiz. Ariza topshirishning so’nggi muhlati 2015-yil 1-may. Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, irldems@erols.com  manziliga bog’lanishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Ushbu grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

 

E-mail: info@grantlar.uz

 

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

  • Nematullo

    03/29/2015 #1 Author

    1000 dollar bu borib keliwga yetiwi keremi??

  • Nematullo

    03/29/2015 #2 Author

    beriwimiz kere bo’lgan taklifni ya’ni tadqiqotni bowlagan bo’liwimiz wartmasmi? javoblar uchun oldindan rahmat..

  • Mentor

    03/29/2015 #3 Author

    Nematullo,

    Tadqiqot olib borayotgan bo’lishingiz shart emas. Yozgi maktabda ko’tarilgan mavzuga qiziqishingiz, shu yo’nalishda ish yoki o’qish tajribasiga ega bo’lishingiz kifoya.

  • Mentor

    03/29/2015 #4 Author

    Nematullo,

    Irlandiyaga borib kelish xarajatiga $1000 yetishi kerak.

  • ZILOLA

    03/31/2015 #5 Author

    salom bu masalada qayerga murojat qilsam bo’ladi? viza va boshqa kerakli narsalarnichi?

  • Nodira

    03/31/2015 #6 Author

    Tibbiyt Akademiyasidan borish uchun alohida talablar yoqmi

  • Nodira

    03/31/2015 #7 Author

    Nechta talaba boradi Uzbekistondan

  • Mentor

    03/31/2015 #8 Author

    Nodira,
    O’zbekistondan ishtirokchlarga aniq son qo’yilmagan. Tibbiyot sohasi talabalari uchun alohida talablar yo’q.

  • Mentor

    03/31/2015 #9 Author

    Zilola,

    Bu dasturga internet orqali topshirasiz hujjatlarinizni. Tepada sayt manzili berilgan. Qabul qilishsa, sizga viza uchun xat qilib berishadi. Vizani shu xat orqali olasiz.

    Sizga hujjatlar topshirishda yordam kerak bo’lsa, «EXCLUSIVE» xizmati orqali (SHU YERDA) bizga bog’laning.

  • Nodira

    03/31/2015 #10 Author

    Bilishimcha maktab bir haftalik shunaqami

  • Nodira

    03/31/2015 #11 Author

    Man tibbiyot akademiyasida õqiyman bizada dars iyulda tugarkan maktab 22 iyunda bolsa borolmasekanmanda

  • Nodira

    03/31/2015 #12 Author

    Bu grantga dakument toldirganlardan kimarni, qaysi tomonlariga qarab tanlab olishadi

  • Mentor

    03/31/2015 #13 Author

    Nodira,

    Asosan, yozgan insholaringizga qarab olishadi. Maktab besh kunlik.

  • Maknuna

    04/01/2015 #14 Author

    Faqat 26 yoshgachami

  • Mentor

    04/01/2015 #15 Author

    Maknuna,

    Yosh bo’yicha shunday cheklov qo’yilgan.

  • Barno

    04/02/2015 #16 Author

    Salom, postal code qatoriga nima kiritilishini izohlab bersangiz. Oldindan rahmat

  • Mentor

    04/02/2015 #17 Author

    Barno,

    Bu yerda pochta indeksi so’ralyapti. O’zingiz yashaydigan joyga oid indeks raqami bo’ladi. Shuni kiritishingiz kerak.

  • Azamat

    04/03/2015 #18 Author

    Hurmatli Mentor, tibbiy sug’urta qanchaga tushishi mumkin, iloji bo’lsa umumiy harajatlarni taxminiy qiymatini aytib berolmaysizmi, oldindan raxmat……..

  • Mentor

    04/04/2015 #19 Author

    Azamat,

    Bu besh kunlik dastur. Odatda, bir oylik sug’urtani $50-$60 ga topsa bo’ladi. Bir haftalik sug’urta uchun alohida planlar borligi yoki ular qanchaga tushishi haqida xabarim yo’q.

  • nilufar

    04/05/2015 #20 Author

    Inshoni qacon yoziw kere boladi

  • Mentor

    04/05/2015 #21 Author

    Nilufar,

    Inshoni ariza to’ldirayotgan paytingiz yozasiz.

  • Diyoraxon

    04/19/2015 #22 Author

    Ariza topwiriw muddati 1-maygacha diyilgan lekin hozi CLOSED db yozuv ciqvotti. Bowqa topwirib bomidimi?

  • Mentor

    04/19/2015 #23 Author

    Diyoraxon,

    Du dasturga qabulni erta tugatishibdi. Arizalar ko’payib ketgan bo’lishi mumkin.

  • Shakhnoz

    05/05/2015 #24 Author

    Hurmatli grantlar.uz sayti yaratuvchilari! Ushbu tashkilot, ya’ni sizning tashkilot -«kommerkeskiy»(tijorat) tashkilotmi ?!, kimlar qo’llab quvvatlaydi? Kimlar tomonidan yuritiladi?
    Oldindan Rahmat!

  • Otabek

    05/07/2015 #25 Author

    How can we know about the date of apllication process results?

  • Otabek

    05/07/2015 #26 Author

    Coz, it is not stated in project description…

  • Mentor

    05/09/2015 #27 Author

    Otabek,

    We do not know when results will be announced. You can send your question to irldems@erols.com.

  • abror

    05/16/2016 #28 Author

    Texnika yo’nalishidagilaram borsa bo’labo’ladimi