×

Talabalar uchun Latviyada yozgi maktab


Grant

MUHLAT

03.05.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Latviya

O'QILGAN

2327 marta

Umumiy ma’lumot:

Riga Texnika universiteti, Latviya Qishloq xo’jaligi universiteti hamda Vidzeme Amaliy fanlar universiteti xalqaro talaba va tadqiqotchilarni yozgi maktabga qisqa kurs va amaliyot o’tashga taklif qiladi. Ushbu uch universitet tomonidan quyidagi yozgi maktablar tashkil etilmoqda:

  1. Arkadiya (Riga Texnika universiteti tomonidan);
  2. Daugava: Ko’rinar va ko’rinmas daryo (Latviya Qishloq xo’jaligi universiteti tomonidan);
  3. Latviya – Yaratuvchan taraqqiyot maskani (Vidzeme Amaliy fanlar universiteti tomonidan).

Latviya hukumati har bir maktab uchun oltita, jami 18 ta talabaga grant beradi. Dasturda qatnashish uchun Latviya Davlat ta’lim taraqqiyoti agentligi bilan kelishuvga ega davlatlardan talabalar, tadqiqotchilar va universitet o’qituvchi-xodimlari ariza topshirishi mumkin. «Latviya – Yaratuvchan taraqqiyot maskani» maktabiga kamida 18 yoshda bo’lgan va o’rta maktabni tamomlagan o’quvchilar ham topshirishi mumkin.

G’oliblar iyun oyida ma’lum qilinadi. Yozgi maktablar 10 kundan ikki haftagacha davom etadi.

Ishtirok etish shartari:

Dasturda quyidagi davlatlar fuqarolari ishtirok etishi mumkin:

Ozarbayjon, Gruziya, Mongoliya, O’zbekiston,  Belgiya, Gretsiya, Peru, Vengriya, Polsha, Bolgariya, Xitoy, Isroil, Portugaliya, Xorvatiya, Italiya, Sloveniya, Kipr, Qozog’iston, Ispaniya, Chex Respublikasi, Janubiy Koreya, Turkiya, Estoniya, Litva, Tojikiston, Finlyandiya, Meksika, Turkmaniston, Fransiya, Moldova va Buyuk Britaniya.

Qatnashchilar ingliz tilini gaplasha oladigan darajada bilishi kerak. Arizani to’ldirish payti anketada grant dasturiga topshirish niyatida ekaningizni bildirishingiz kerak.

Grant miqdori:

Grant dasturiga qabul qilingan har bir kishiga 711 yevro miqdorida stipendiya beriladi. Ishtirokchilar Latviyaga kelish va ketish yo’l xarajatlarini o’zlari qoplashi kerak. Ayrim maktablar uchun, Latviya hukumati grantidan tashqari, universitetlar ham alohida grant ajratadi.

Ariza topshirish tartibi:

Har bir yozgi maktab o’z vebsaytiga ega bo’lib, ular uchun hujjatlar alohida quyidagi manzillarda topshiriladi.

  1. Arkadiya (SHU YERDA);
  2. Daugava: Ko’rinar va ko’rinmas daryo (SHU YERDA);
  3. Latviya – Yaratuvchan taraqqiyot maskani (SHU YERDA).

Grant uchun arizalarni topshirish muhlati:

  1. Arkadiya (3-may, 2015-yil);
  2. Daugava: Ko’rinar va ko’rinmas daryo (1-may, 2015-yil);
  3. Latviya – Yaratuvchan taraqqiyot maskani (15-aprel, 2015-yil).

Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, ularni quyidagi manzilga yo’llashingiz mumkin:

Ms Aija Jakovica,
Senior Specialist of the International Cooperation Programme Unit
Telephone: + 371 67814331, e-mail: scholarships@viaa.gov.lv
Valsts izglītības attīstības aģentūra
Vaļņu iela 1, Rīga LV-1050

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!