Talabalar uchun Shell Ideas360! tanlovi (asosiy mukofot- Londonga sahoyat)

0
2 499 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: London (Buyuk Britaniya)

Ariza topshirish muhlati:  2018-yil 19-yanvar

Kim uchun: Barcha talabalar uchun

Umumiy ma’lumot: Shell Ideas360 talabalar o’rtasidagi tanlov bo’lib, energiya, suv va oziq-ovqat sohasida muammolarni hal qilishga imkon beruvchi innovatsion g’oyalarga bag’ishlangan global – dunyo miqyosida o’tkaziladigan tanlovdir.

Kelgusi o’n yilliklar davomida butun dunyoda energetika, suv va oziq-ovqat resurslariga bo’lgan talab yanada kuchayadi. Bu dunyo aholisi tobora o’sib borayotganligi va yanada farovon hayot kechirishi uchun harakat qilayotgani bilan bog’liqdir. Bundan tashqari, iqlim o’zgarishi ham bu qiyinchiliklarni yanada kuchaytiradi.

Siz universitet talabasi bo’lsangiz va jahon energetikasi, oziq-ovqat yoki suv resurslariga bo’lgan talabni kamaytirishga yordam beradigan g’oyalaringiz bo’lsa, Shell Ideas360 tanlovida ishtirok eting.

Tanlov bosqichlari

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: Ro’yxatdan o’ting. www.shellideas360.com saytida onlayn ro’yxatdan o’ting va o’z profilingizni yarating. Tanlovda yakka tartibda yoki uch nafar ishtirokchidan iborat jamoa shaklida ishtirok etish mumkin. O’z g’oyangizni taqdim etganingizdan so’ng Google Hangoutsda tanlov ishtirokchilaridan iborat jamoaga qo’shilishingiz va onlayn jamoalarning imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin.

2-bosqich: G’oyani qayta ishlang. 1-bosqichdan tanlangan g’oyalar quyidagilarga ega bo’ladilar:

  • Alohida biriktiriladigan ustoz / mentor;
  • Google Hangouts orqali olib boriladigan treyninglar – ishni davom ettirish va rivojlantirish uchun g’oyalarni yanada rivojlantirish, etakchilik qobiliyatlarini va biznes ko’nikmalarini oshirish imkoniyatlari taqdim etiladi.

3-bosqich: Prezentatsiya. Finalga chiqgan jamoalar3 kunlik intensiv treningda qatnashadilar va Shell rahbarlari, ixtirochilari va soha rahbarlariga o’z g’oyalarini namoyish qiladilar.

Tanlov g’oliblari uchun mukofotlar

  • O’z fikrini bildirgan har bir jamoa a’zosi WIRED jurnali uchun 3 oylik obuna uchun sertifikat bilan taqdirlanadi;
  • Finalchilarning har bir a’zosiga medal, sertifikat beriladi va Londonda ta’til uchun yo’llanmaga ega bo’ladi («Make the Future» dasturi).

Mukofot jamoaning har bir a’zosi uchun alohida beriladi va finalga chiqgan barcha jamoa a’zolari Londonga sayohat qiladilar.

* WIRED – Londonda nashr etiladigan axborot-kommunikatsion sohaga bag’ishlangan xalqaro jurnal

Tanlovda ishtirok etish uchun SHU YERDA onlayn ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun: SHU YERDA

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!