Mualliflik huquqi

Saytimizda chop etilgan materiallar mualliflik huquqi bilan himoyalangan.

Havolalar va ingliz tilidagi matn va resurslar bo’yicha mualliflik huquqi havolada ko’rsatilgan manbalarga tegishli.

Bizdan oldindan yozma rozilik olmasdan turib saytimizdagi materiallarni butunlay yoki qisman elektron, bosma yoki boshqa usullarda tarqatish va ko’paytirish taqiqlanadi. Materiallarimizdan foydalanish shartlari haqida ma’lumot olish uchun bizga bog’laning.

Xizmatlardan foydalanish

“Grantlar.uz” sayti xorijda o’qishni yoki malaka oshirishni istovchi talaba va mutaxassislarga «Exclusive» pulli xizmatini taqdim etadi.

Ushbu xizmatlar doirasida bizga murojaat qilgan mijozlarga xorijda o’qish yoki malaka oshirish bo’yicha maslahat beriladi. Ushbu xizmatlardan foydalanish shartlari har biri uchun quyida alohida bayon etilgan:

Exclusive:

Saytga qo’yilgan istalgan grant dasturida qatnashish uchun, avvalo, ushbu grant talablariga javob berishingiz kerak. Masalan, unda qatnashish uchun ingliz tilini yaxshi bilishingiz shart qilingan bo’lsa, lekin sizning chet tili bo’yicha bilim darajangiz bu talabga javob bermasa, siz grant uchun loyiq emassiz. Biz insho yoki boshqa talab qilingan hujjatlarni siz uchun yozib bermaymiz. Ularni o’zingiz yozishingiz kerak. Biz ularni qanday qilib a’lo darajada va grant yutishga loyiq shaklda yozish bo’yicha maslahat va ko’mak beramiz, xolos. Yozgan ishlaringizni ko’rib, tuzatish va qayta ishlash lozim bo’lgan joylarini qanday yaxshilash bo’yicha sizga qo’shimcha maslahat beramiz va eng yaxshi ko’rinishga kelguncha ular ustida siz bilan birga ishlaymiz. So’nggi nusxani tahrir qilishda ko’mak berishimiz mumkin.

Xorijiy tilda yozilishi talab qilinadigan matnlarni grantning minimum talablariga javob beradigan darajada yoza olmaydiganlarga ushbu xizmat taqdim etilmaydi. Ushbu xizmatga murojaat etganlar, qanday turdagi grantga topshirayotganiga qarab, qabul qilinishidan oldin tekshiruv va ko’rikdan o’tkaziladi.

Grant ma’lumotlarining to’g’riligiga grantni e’lon qilgan uchinchi tomon, ya’ni grant beradigan o’quv yurti yoki dastur tashkilotchilari javob beradi. Biz grant dasturining firibgarlik va soxta ma’lumotlardan xoli manbalardan olinishiga kafolat beramiz, xolos.

Hujjatlaringiz topshirilgach, sizga grant berilishiga kafolat bermaymiz. Grant yutuqlarini kimga berish masalasini grantni e’lon qilgan tashkilot yoki o’quv muassasasi hal qiladi va bu jarayonga “Grantlar.uz” sayti aralasha olmaydi. Biz faqat hujjatlaringizning grant talablariga to’liq javob beradigan darajada bo’lishiga kafolat beramiz.

Xizmatdan foydalanish istagi bilan bizga murojaat qilgan shaxslardan, grant talablariga mos kelishini aniqlash uchun, avvalo, o’qish va grant bo’yicha xohish-talablari, hozirgacha erishgan ta’lim ko’rsatkichlari va ish tajribalari haqida to’liq ma’lumot olinadi. Bu ma’lumotlardan faqat talabgorga mos grant topish va uning grant shartlariga to’g’ri kelishini tekshirish maqsadidagina foydalaniladi va bu ma’lumotlar boshqa uchinchi bir tomonga berilmaydi. Biz so’ragan ma’lumotlar to’liq berilmasa yoki ular talab qilgan yoki xohlagan o’qish yoki grantga ularning ta’lim va/yoki ish ko’rsatkichlari mos kelmasa, ya’ni bunday grantlar uchun qo’yiladigan minimum talablarga javob bermasa, xizmat ko’rsatilmaydi. Bunday holatda ularga grant yutish uchun imkoniyatlarini yaxshilash ustida ishlashni yoki boshqa xizmatlarimizdan foydalanishni taklif qilishimiz mumkin.

Xizmat haqida to’liq ma’lumotni «Exclusive» (SHU YERDA) sahifasidan oling.

Сохранить