Toshkentda Rossiyaning Perm politexnika universitetiga qabul imtihonlari o’tkaziladi

    8
    204 marta o'qildi
    Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

    Rossiyaning Perm Milliy-tadqiqot politexnika universiteti 3, 4-aprel kunlari Toshkentda o’zbekistonlik abiturientlar uchun qabul imtihonlarini o’tkazadi.

    Perm Milliy-tadqiqot politexnika universiteti 1953-yilda tashkil topgan bo’lib, G’arbiy Ural mintaqasining yetakchi oliy o’quv yurtlaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda u yerda 25 ming talaba, jumladan, 453 ta aspirantura va doktorantura tadqiqotchilari tahsil olmoqda.

    Universitet 62 ta bakalavrlik, 71 ta magistratura, 63 ta aspirantura hamda 5 ta doktorantura yo’nalishlarini taqdim etadi. Shuningdek, 12 ta maxsus injenerlik dasturlari ham bor. Barcha o’quv dasturlari quyidagi fakultetlar qoshida olib boriladi.

    • Avtomobil yo’llari fakulteti;
    • Aerokosmik fakultet;
    • Tog’-neft fakulteti;
    • Ijtimoiy fakultet;
    • Mexanika-texnologiya fakulteti;
    • Matematika va texnologiya fakulteti;
    • Qurilish fakulteti;
    • Kimyo-texnologiya fakulteti;
    • Elektrotexnika fakulteti.

    O’zbekistonlik talabalar uchun qabul imtihonlari 3,4-aprel kunlari Toshkentda «Global Study» ta’lim markazida bo’lib o’tadi.

    Imtihon ikki fandan o’tkaziladi: Matematika va rus tili. Matematikadan sinov 3-aprel kuni etalab soat 10:00 da, rus tili imtihoni esa 4-aprel kuni ertalab 10:00 da boshlanadi.

    Perm Milliy-tadqiqot politexnika universitetida o’qish narxlari bo’yicha ma’lumotni «Global Study» ta’lim markazidan yoki universitet saytidan (SHU YERDA) topishingiz mumkin.

    Imtihon topshirishdan oldin markazda ro’yxatdan o’tish kerak. Buning uchun quyidagi hujjatlarni o’zingiz bilan birga olib kelishingiz kerak:

    • Pasport nusxasi;
    • Tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;
    • Maktab guvohnomasi, diplom yoki o’qish joyingizdan ma’lumotnoma;
    • Baholar daftarchasidan nusxa;
    • Uch dona 3×4 hajmdagi rangli surat

    Imtihon kuni ham 9:00 dan boshlab o’qish uchun anketalar qabul qilinadi.

    «Global Study» ta’lim markazi manzili: Toshkent shahri, Lutfiy ko’chasi, 6-uy.

    Qo’shimcha ma’lumot uchun telefonlar:

    • + 99871 120 57 40
    • + 99871 120 57 41
    • + 99871 120 57 29

    To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

    8 Izohlar

    1. Урррраааа ета мой последний шанс…Огромный Спасибо за помочь

    2. Admin manga maslahat bera olaszmi man americaga aloqa yonalishi boyicha oqshga bormaoqchiman imtixon qilinadigan fanlar royxati kerak

    3. Admin manga Rossiyadagi oliy o’quv yurtlari imtihonlari qachon bo’lib o’tishini etib yuborsez!

    4. Admin, man Permga o’qishga topshirganman faqat imtihin boshqa joyda rossiya GRAND MIR mehmonxonasI atrofidagi rossotrutchestvada bolgan unda faqat bizga kontrak asosida o’qishga qabul qilamiz degan.

    5. Salom.men ham Rassiyada o’qimoqchiman shu unveristitni ekonomika fakultetiga bu yerda imtihon matematika va rus tilida boladi deyilgan manam faqat shu ikkalasidan imtihon topshiramanmi?