Toshkentda xalqaro yoshlar Sammiti

0
102 marta o'qildi

Qayerda: Toshkent

Ariza topshirishning so’nggi muhlati: 2017-yil 24-fevral

Kim uchun: Butun dunyodan bo’lgan 17-27 yoshda bo’lgan kishilar

Qachon: 2017-yil 24-26-mart

Umumiy ma’lumot:

O’zbekistondagi Yosh Yetakchilarni Rivojlantirish Loyihasi 300 ta xalqaro va mahalliy yoshlar delegatsiyasini Xalqaro Yoshlar Sammitiga taklif qiladi. Sammit mavzusi: «Mening yurtim -mening g’ururim» (‘My country, My pride’ )

Dasturdan maqsad butun dunyodan ilg’or talabalar, yoshlar faollari, jamiyat yetakchilari, ijtimoiy tadbirkorlar, professorlar va tadbirkorlarni bir joyga yig’ib,  milliy qadriyatlar va an’analar asosida tinch va farovon jamiyat qurish haqida muloqotni yo’lga qo’yishdan iborat.

Dasturning asosiy tashkilotchilari Ingliz tili O’qituvchilari Assotsiatsiyasining Yosh Yetakchilarni Rivojlantirish Loyihasi bo’lib, ular intiluvchan va faol yoshlarning shaxsiy va professional rivojlanishiga ko’makalashadi.

Sammit ingliz tilida olib boriladi va yetkachilik qobiliyatini rivojlantirishga katta urg’u beriladi.

Kim uchun:

  • 17-27 yosh oralig’ida bo’lish;
  • Kuchli shaxslararo muloqot qobiliyatiga ega va o’z doirasida yetakchi bo’lish potensialiga ega;
  • Ijobiy ijtimoiy yangililar qilishga va Sammitda yetkachilik rolini amalda sinab ko’rishga qiziqqan;
  • Siyosatda, fuqarolik jamiyati tashkilotlarida, mediyada, biznes yoki mahalliy jamiyatda faol bo’lgan;
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan nomzodlar.

Artiza to’ldirish tartibi:

Ariza shakli SHU YERDA.

Ariza topshirishga, ayniqsa grant olishni ko’zlayotgan ishtirokchilarga arizani erta to’ldirish tavsiya qilinadi.

Natijalar haqida 2017-yil 28-fevralda e’lon qilinadi.

Sammitning Facebookdagi sahifasi SHU YERDA

O’zingizni qiziqtirgan barcha savollar bilan ushbu elektron pochtaga murojaat qiling: info.yldp@gmail.com

Bog’lanish uchun telefonlar: +998934141036 (Sevara); +998937803323 (Jahongir)

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

Grantlar haqida birinchi bo’lib xabardor bo’lish uchun telegramdagi kanalimizga a’zo bo’ling: https://telegram.me/grantlar