Toshkentda xalqaro yoshlar Sammiti Toshkentda xalqaro yoshlar Sammiti
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Toshkent Ariza topshirishning so’nggi muhlati: 2015-yil 31-dekabr Kim uchun: Butun dunyodan... Toshkentda xalqaro yoshlar Sammiti
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Toshkent

Ariza topshirishning so’nggi muhlati: 2015-yil 31-dekabr

Kim uchun: Butun dunyodan bo’lgan 18-27 yosh orasidagi yoshlar

Grant miqdori: To’liq va qisman

Qachon: 2016-yil 25-27-mart

Umumiy ma’lumot:

O’zbekistondagi Yosh Yetakchilarni Rivojlantirish Loyihasi 300 ta xalqaro va mahalliy yoshlar delegatsiyasini Xalqaro Yoshlar Sammitiga taklif qiladi. Sammit mavzusi: Bizning merosimiz bizning kelajagimiz.

Dasturdan maqsad butun dunyodan ilg’or talabalar, yoshlar faollari, jamiyat yetakchilari, ijtimoiy tadbirkorlar, professorlar va tadbirkorlarni bir joyga yig’ib,  milliy qadriyatlar va an’analar asosida tinch va farovon jamiyat qurish haqida muloqotni yo’lga qo’yishdan iborat.

Dasturning asosiy tashkilotchilari Ingliz tili O’qituvchilari Assotsiatsiyasining Yosh Yetakchilarni Rivojlantirish Loyihasi bo’lib, ular intiluvchan va faol yoshlarning shaxsiy va professional rivojlanishiga ko’makalashadi.

Sammit ingliz tilida olib boriladi va yetkachilik qobiliyatini rivojlantirishga katta urg’u beriladi.

Kim uchun:

  • 18-27 yosh oralig’ida bo’lish;
  • Kuchli shaxslararo muloqot qobiliyatiga ega va o’z doirasida yetakchi bo’lish potensialiga ega;
  • Ijobiy ijtimoiy yangililar qilishga va Sammitda yetkachilik rolini amalda sinab ko’rishga qiziqqan;
  • Siyosatda, fuqarolik jamiyati tashkilotlarida, mediyada, biznes yoki mahalliy jamiyatda faol bo’lgan;
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan nomzodlar.

Grant miqdori:

  1. Xalqaro ishtirokchilar uchun: Dasturga qatnashish uchun to’lov 50 yevrodan iborat. Dasturda qatnashish uchun grant e’lon qilingan bo’lib, grant dastur to’lovi, dastur materiallari, turar-joy, maxsus tadbirlar, transport va sayohatni o’z ichiga qamrab oladi. Xalqaro ishtirokchilar safar xarajatlari va viza xarajatlari uchun o’zlari javobgar bo’ladi.
  2. Mahalliy ishtirokchilar uchun: Dasturda qatnashish uchun maxsus to’lov yo’q. Mahalliy ishtirokchialr uchun ham grant e’lon qilingan bo’lib, grant dastur materiallari, turar-joy va 3 mahal ovqat, maxsus tadbirlar, sayohat va transport xarajatlarini qoplaydi. Grant berilmagan ishtirokchilar barcha xarajatlar uchun o’zlari javobgar bo’ladi.

Artiza to’ldirish tartibi:

Ariza shakli SHU YERDA. To’liq ariza formasi, passport nusxasi va boshqa kerakli hujjatlar admin@yldp.uz manziliga yuborilishi lozim. Emailga YOUTH SUMMIT  2015 Application Form.(Sizning ism-familiyangiz) sarlavhasi qo’yilishi kerak. Ariza topshirishga, ayniqsa grant olishni ko’zlayotgan ishtirokchilarga arizani erta to’ldirish tavsiya qilinadi. Natijalar haqida 2016-yil 10-yanvarda e’lon qilinadi.

Sammitning Facebookdagi sahifasi SHU YERDA

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

 

  • saydamin

    09/24/2015 #1 Author

    assalom aleykum hayit ayyomingiz bilan barcha sayt faollari va sayt boshqaruvchilarini tabriklayman.

  • saydamin

    09/24/2015 #2 Author

    bu sammitga yozilib song qanasha olmasa hech qanday mamuriy yoki boshqa javobgarliklar yoqmi

  • saydamin

    09/24/2015 #3 Author

    savolim no togri bolsa uzr

  • Azimjon

    09/25/2015 #4 Author

    Arizani qanday yuborishimiz mumkin?

  • Azimjon

    09/25/2015 #5 Author

    Bu haqida toliq ma’lumotni qayerdan olsam bo’ladi? Men qatnashmoqchiman

  • Shahina

    09/25/2015 #6 Author

    U yerda ariza töldirish jadvallari bardak bb yotibdiku

  • Sardor

    09/26/2015 #7 Author

    Yevropa davlatlarida yoki AQSHda Bakalavriyat uchun yangi grantlar bormi? Agar bor bo`lsa qayerdan ular haqida ma’lumot olaman? Scholarship haqidachi? Javobingiz uchun oldindan rahmat !!!

  • sherzod

    09/28/2015 #8 Author

    . . . . . . Granti qande yutsa buladi ? ? Biror bir suxbat buladimi ingliz tilida, grant berishdan oldin . . Xurmatli memtor savol javobsiz qolmasin. . .iltimor . . .manga juda kereli narsa ekan bu. . .! ! !

  • . . . . . . Aristocrat

    10/05/2015 #9 Author

    Odiy kolej uquvcilariyam qatnasha oladimi .

  • . . . . . . Aristocrat

    10/05/2015 #10 Author

    Xa atgancha pul kerak buladimi bunga qatnashish ucun yoki tekinmi ?

  • Mentor

    10/06/2015 #11 Author

    Aristokrat,

    Yoshingiz to’g’ri kelsa, qatnasha olasiz. Mahalliy ishtirokchilar uchun dasturda qatnashish bo’yicha maxsus to’lov yo’q. Mahalliy ishtirokchialr uchun ham grant e’lon qilingan bo’lib, grant dastur materiallari, turar-joy va 3 mahal ovqat, maxsus tadbirlar, sayohat va transport xarajatlarini qoplaydi. Grant berilmagan ishtirokchilar barcha xarajatlar uchun o’zlari javobgar bo’ladi.

  • sherbek

    10/14/2015 #12 Author

    To’liq ariza formasi dipsz u nima? qande tuldiriladi ?

  • shukur

    10/27/2015 #13 Author

    Xurmatli MENTOR ! !man judayam qatnashkim kevotti. .shu yuzasidan savollarim bor edi. Tashkilotchiladi nomerini bering iltimos ! ! Raxmat oldindan

  • Sherzod

    11/16/2015 #14 Author

    E-mail orqali junatsak buldimi aplikatsiani ? ? ?. Shu xalosmi ? ? Javob ucun oldindan raxmat xurmatli Mentor ! ! !