×

Toshkentda “Yevropada ta’lim” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1388 marta

CHOP ETILGAN

06.05.2017

Britaniya kengashi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi bilan hamkorlikda 11-may kuni Toshkentdagi Radisson Blu Hotel mehmonxonasida “Yevropada ta’lim” ko‘rgazmasini o‘tkazadi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Mazkur ko‘rgazma oxirgi yillarda o‘tkazilayotgan shu kabi tadbirlar ichida eng yirigi bo‘lib, unda Yevropaning 14 davlatidan 20 dan ortiq universitet va ta’lim tashkilotlari ishtirok etadi.

Ko‘rgazmaga kelganlar o‘quv yurtlari va ta’lim tashkilotlari vakillari bilan uchrashib, Yevropada bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari, stipendiya va grantlar olish imkoniyati, Yevropada o‘qishga talabnoma berish va Yevropadagi talabalik hayoti kabi mavzularda maslahat va tavsiyalar olishi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!