«UNESCO»ning 70 yilligiga bag’ishlangan xalqaro insholar tanlovi

25
147 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Yaponiya

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 15-iyun

Kim uchun: 25 yoshdan oshmaganlar

Sovrin miqdori: 1-o’rin g’oliblariga 100,000 Yen hamda sovrinni topshirish uchun Tokioga safar xarajatlari

Umumiy ma’lumot:

Har yili o’tkaziladigan «UNESCO» Xalqaro insholar tanlovining 2015-yildagisi «UNESCO»ning 70 yilligini nishonlashga bag’ishlangan bo’lib, Goi Tinchlik Jamg’armasi, «UNESCO»dagi Yaponiya Milliy Komiteti, Yaponiya Ta’lim, Madaniyat, Sport va Ilm-Fan Vazirligi hamda bir qancha tashkilotlar tomonidan tashkil qilinmoqda.

Har yili o’tkaziladigan mazkur tanlov yoshlar orasida tinchlik yaratish va davomiy rivojlantirishni targ’ib qilish maqsadida hamda jamiyat yoshlardan o’rganishini targ’ib qilish uchun tashkil qilinadi.

2015-yildagi tanlovning mavzusi: Qalblarimizda hamda Ongimizda Tinchlik Yaratish

«UNESCO» bundan 70 yil muqaddam dunyoda davomiy tinchlik o’rnatish uchun odamlarning ongi va qalbida tinchlik yaratish maqsadida tashkil etilgan edi. Inshoda qalbimizda va ongimizda tinchlik yaratish nimani anglatishini, buning atrofimizdagi dunyo bilan qanday aloqadorligini aytib, uni shaxsiy tajriba bilan boyitish so’raladi.

Kim uchun:

Tanlovda 2015-yilning 15-iyunigacha 25 yoshdan oshmagan dunyoning barcha joylaridan yoshlar ishtirok etishi mumkin.  Tanlov ikkita kategoriya bo’yicha insholarni qabul qiladi:

  1. Bolalar kategoriyasi (14 yoshgacha bo’lganlar);
  2. Yoshlar kategoriyasi (15 – 25 yoshdagilar).

Sovrin miqdori:

Bolalar hamda yoshlar kategoriyalari uchun alohida quyidagicha o’rinlarga mukofotlar beriladi:

1-o’rin: Taqdimnoma va 100,000 Yen mukofot (taxminan 840 dollar) – 1 ta g’olib aniqlanadi

2-o’rin: Taqdimnoma va 50,000 Yen mukofot (taxminan 420 dollar) – 2 ta g’olib aniqlanadi

3-o’rin: Taqdimnoma va sovg’a – 5 ta g’olib aniqlanadi

Faxriy Yorliq: Taqdimnoma va sovg’a – 25 ta g’olib.

1-o’rin g’oliblari 2015-yil dekabrda Tokio shahrida bo’lib o’tadigan tantanali taqdirlash marosimida ishtirok etadi va safar bilan bog’liq barcha xarajatlar qoplanadi.

Tanlov natijalari 2015-yilning oktabr oyida Goi Tinchlik Jamg’armasining saytida (SHU YERDA) e’lon qilinadi. Taqdimnoma va sovg’alar noyabr oyida g’oliblarga pochta orqali yuboriladi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Insho 700 so’zdan oshmasligi va ingliz, fransuz, ispan, nemis va yapon tillaridan birida yozilishi lozim. Yapon tilida yozilgan insholar 1600 ta ieroglifdan oshmasligi lozim. Inshoning sarlavhasi bundan mustasno. Insho qog’ozda yozilgan yoki kompyuterda terilgan bo’lishi mumkin.

Inshoning alohida 1-betida quyidagilar ko’rsatilishi lozim:

  1. Katergoriya (Bolalar yoki Yoshlardan biri tanlanadi);
  2. Inshoning nomi;
  3. Arizachining nomi;
  4. Manzili;
  5. Telefon raqami;
  6. Elektron manzili;
  7. Fuqaroligi;
  8. 2015-yil 15-iyungacha bo’lgan yoshi;
  9. Jinsi;
  10. Maktabi nomi (talluqli bo’lsa);
  11. Inshoning so’zlari soni.

O’qituvchilar yoki yoshlar bilan ishlash tashkilotlari yetakchi va rahbarlari o’quvchilarining insholarini jamlab, o’zlari yuborishi mumkin. Bunday holda, insho yozuvchilarning ismi, yoshi hamda inshoni jo’natuvchi shaxsning ismi hamda aloqa uchun ma’lumotlari ko’rsatilishi kerak.

Yuqorida aytilgan ma’lumotlardan biri bo’lmagan taqdirda, mazkur insho tanlovda ishtirok eta olmaydi. Arizalar pochta orqali yoki onlayn shaklda topshirilishi mumkin. Inshoni onlayn topshirish uchun SHU YERDA ro’yxatdan o’tishinigiz va arizani to’ldirishingiz hamda inshoni SHU YERDA topshirishingiz lozim. Inshoni pochta orqali quyidagi manzilga yuborishingiz ham mumkin:

International Essay Contest c/o The Goi Peace Foundation
1-4-5 Hirakawacho, Chiyoda-ku, Tokyo 102-0093 Japan

Insholar original hamda matbuotda chop etilmagan bo’lishi lozim. Hammualliflikda yozilgan insholar tanlovda ishtirok eta olmaydi.

To’liq ma’lumot uchun manbaa: SHU YERDA

25 Izohlar

  1. Insho topshitilgan qanaqadir og’zaki suhbatlar ham bo’ladimi? Agar bo’lsa insho mavzusidan suhbat o’tqaziladimi? Javob uchun oldindan rahmat

  2. Salom . Avval inshoni o’zbek tilida yozib keyin ingliz tiliga tarjima qilib jo’natsam inshom qabul qilinadimi?

  3. G`olib har bitta til bo`yicha aniqlanadimi yoki bitta umumiy g`olib aniqlanadimi?

  4. salom. faqat 1 – o’rin g’olibini Yaponiyaga jo’natishadimi? oldindan rahmat

  5. inshoni jo’natgandan kegin ular insho taqrizdan chiqganligini etishadimi?\

  6. butun dunyodan 1-o’rinmi yoki har bitta mamlakatdanmi yana yozgan inshoni qanday jo’nataman

  7. iltimos menga boshlang\ich talim sohasidagi grantlar haqida magistratura to’g;risida batafsila malumot bering bu yil 3-kursman. Qisqa vaqt qolgani uchun grant yutib olish uchun qanday talblarga javob berish kerakligi haqida ham malumot bersangiz oldindan tashakkur

  8. Dilafruz,

    Butun dunyo uchun bir xil o’rinlar ajratilgan, har bir davlat uchun alohida emas. Yuqorida inshoni topshirish uchun vebsayt manzili ko’rsatilgan. O’sha yerga kirib ro’yxatdan o’tib, inshoni yuborasiz.

  9. Suhrobjon,

    Inshoni saytlarida manzildan o’tib, o’sha yerdan internet orqali jo’natishingiz kerak. Yuqorida ro’yxatdan o’tish va inshoni topshirish manzillari berilgan.

    Pochta orqali yubormoqchi bo’lsangiz, uning ham tepada manzili bor.

  10. Bonu,

    Insho ingliz, fransuz, ispan, nemis va yapon tillaridan birida yozilishi lozim.

  11. inshoni onlayn topshirish su yerda degan joyda kopyuter ochib bermayapti davomida ariza to’ldirasiz degan joy esa ochdi inshoni shu yerning o’zidan turib qanday yuborsam bo’ladi 25-kuni ham qabul qilinadimi yoki …

  12. Inshoda reja bo’lishi kerakmi?
    Rejalardagi so’zlar soni ham hisobga olinadimi?

  13. Tanlovda nechanchi o’rinni olganimni qayerdan,qachon bilishim mumkin?
    rahmaat))))))
    \

  14. Bobirjon,
    Inshoda rejani o’zingiz uchun tuzasiz. Uni siz yozadigan inshoning boshiga yozishingiz shartmas. Odatda, ingliz tilida yozilgan insholar boshiga reja yozilmaydi.

    Tanlov natijalari haqida e-mailingizga xabar berishlari kerak.

  15. javoblari aniq qachon chiqadi
    yaponiyaga ketish uchun pulni qayerdan olinadi????

  16. Bobirjon,

    G’oliblar ro’yxati jamg’arma saytida e’lon qilinadi. Manzili yuqorida berilgan. Qachon e’lon qilinishini bilmaymiz, kuzatib boring.

  17. Fanlar akademiyasining 70 yilligiga bag ’ ishlangan yosh olimlarning ilmiy-amaliy konferentsiyasidagi ilmiy ma’ruzalar, ko’rgazmali namoyishlar o’zining dolzarbligi, aktualligi, ilmiyligi va qiziqarliligi bilan anjuman qatnashchilarida katta taassurot uyg’otdi.