Universitet o’qituvchilari uchun AQShda qisqa muddatli ilmiy izlanish Universitet o’qituvchilari uchun AQShda qisqa muddatli ilmiy izlanish
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: AQSh Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 15-sentabr Kim uchun: Oliy o’quv... Universitet o’qituvchilari uchun AQShda qisqa muddatli ilmiy izlanish
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: AQSh

Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 15-sentabr

Kim uchun: Oliy o’quv yurti o’qituvchilari

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Grant muddati: 1-3 oy

Umumiy ma’lumot:

AQShning Michigan universiteti Yevropa va Yevrosiyo Veyzer Markazi bir necha sobiq sovet davlatlaridan, jumladan, O’zbekistondan bo’lgan oliy o’quv yurti o’qituvchilari va professorlarini qisqa muddatli ilmiy izlanish dasturiga taklif qiladi. Arizachilar Michigan universitetida o’z sohasiga mos professor yoki o’qituvchi bilan hamkorlikda tadqiqot qilish yoki dars berish uchun ariza yozishi lozim. Arizachilar ingliz tilida yaxshi yoza olish hamda so’zlay olishi kerak.

Dastur hozirgi qabul uchun 5-7 nafar nomzodni tanlab oladi. Ishtirokchilar 2017-yilning fevral-aprel oylarida yoki sentabr-noyabr oylarida dasturda qatnashishi mumkin.

Dastur arizachilarni sohalar bo’yicha cheklamaydi, arizachilar o’zlariga mos sohada faoliyat yuritayotgan Michigan universiteti professorini universitet vebsayti orqali topishi hamda unga bog’lanib, birga hamkorlik qilish to’g’risida kelishuvgaerishishi lozim. Faqat Michigan universitetining huquq maktabi yoki undagi professorlar bilan hamkorlik qilmoqchi bo’lgan arizachilar mazkur shaxslar bilan to’g’ridan to’g’ri aloqaga chiqmasdan, birinchi navbatda Veyzer Markaziga bog’lanishi lozim.

Kim uchun:

  • O’zbekistondan bo’lgan va O’zbekistondagi oliy o’quv yurtlaridan birida o’qituvchilik bilan faol shug’ullanayonganlar;
  • Ingliz tilini yaxshi biladiganlar.

Grant miqdori:

Dastur quyidagilarni qoplaydi:

  • Borish va kelish safar xarajatlari;
  • Turar-joy;
  • Tibbiy sug’urta;

Ariza to’ldirish tartibi:

Quyidagi hujjatlar 15-sentabrgacha weiser@fulbright.edu.pl elektron manziliga jo’natilishi kerak.

  • To’ldirish uchun ariza shakli SHU YERDA;
  • Rezyume;
  • Aspirantura/Doktorantura diplomi yoki eng yuqori ilmiy darajasining diplomi;
  • Dasturda qatnashishdan maqsadlari ifodalangan ikki betli insho;
  • Michigan universiteti fakulteti, bo’limi yoki professoridan birga hamkorlik qilishi haqida olingan taklifnoma (elektron pochta orqali bildirilgan hamkorlik taklifi ham qabul qiinadi);
  • O’zi ishlayotgan o’quv yurtining dekani yoki rektoridan tavsiyanoma;
  • Agar bo’lsa, TOEFL/IELTS testi natijasining nuxsasi (Testni topshirgan bo’lishi shart emas, ammo suhbat paytida ingliz tilini qay darajada bilishi tekshiriladi).

Ma’lumot uchun to’liq manba: SHU YERDA

  • Nafosat

    09/05/2015 #1 Author

    Assalomu alaykum. nogironlar uchun ham grant dasturlarini e’lon qilib borishning iloji bormi

  • Jakhongir

    09/05/2015 #2 Author

    Yaxshi taklif borish va ishtirok etish kerak.

  • Mentor

    09/05/2015 #3 Author

    Nafosat,

    Bu dasturga nodironlar ham topshira oladi. Ya’ni jismoniy kamchiligi bois cheklovlar qo’yilmagan.

  • Gulom

    09/07/2015 #4 Author

    Салом. бу грантга топшириш учун Research proposal топшириш керак экан. бу Research Proposal илмий лойиха булиши керакми ёки укитиш методикаси буйичами? Десокчиманки, АКШ университети укув системасини урганиш буйичами.

  • Gulom

    09/07/2015 #5 Author

    Анкетага 500 та суздан иборат Research project хакида ёзиш керак экан. Шуни назарда тутдим. Методиками ёки илмий лойихами?

  • Mentor

    09/07/2015 #6 Author

    G’ulom,

    Ikki betli personal statement yozish kerak. Unda quyidagilar qamrab olinishi kerak:

    a) the research or collaborative project you plan to pursue at the University of Michigan, b) your reason for applying for this opportunity, c) how this opportunity will benefit your home institution, and d) your reason for selecting a 4-week or 3-month visit.

  • Maqsud

    09/11/2015 #7 Author

    Malaka oshirish instituti o’qituvchisi ham qatnashishi mumkinmi ?

  • Maqsud

    09/11/2015 #8 Author

    Men faqat magistraturani bitirganman, ushbu dasturda men ham qatnashsam buladimi ?

  • Xolida

    09/11/2015 #9 Author

    Assalomu alaykum sizlardagi hamma xabarlarni o`qib boraman raxmat sizlarga bu dastuda(Michigan universiteti fakulteti, bo’limi yoki professoridan birga hamkorlik qilishi haqida olingan taklifnoma (elektron pochta orqali bildirilgan hamkorlik taklifi ham qabul qiinadi)) mana shu bandiga yordam bera olmaysizlarmi qanday ular bilan bo`g`lansa bo`ladi

  • Nodirbek

    09/11/2015 #10 Author

    Michigan universiteti fakulteti, bo’limi yoki professoridan birga hamkorlik qilishi haqida olingan taklifnoma (elektron pochta orqali bildirilgan hamkorlik taklifi ham qabul qiinadi); bu malumotni qanday olishimiz mumkun? qayerdan hamkorlik haqida topa olamiz ? Shu haqida malunmot bering iltimos oldindan rahmat

  • Nodirbek

    09/12/2015 #11 Author

    Bu grantda kollej va litsey oqituvchilari ham qatnashsa boladimi&?

  • Nodirbek

    09/12/2015 #12 Author

    Qachon javob berasiz bu juda zarur edi?

  • Mentor

    09/12/2015 #13 Author

    Nodirbek,

    Bu dastur oliy o’quv yurti o’qituvchilari uchun, maktab yoki kollej-litsey o’qituvchilari qatnasha olmaydi.

  • Mentor

    09/12/2015 #14 Author

    Xolida,

    Professor topish uchun Michigan universiteti saytiga kirib, o’zingizga mos soha sahifasiga kirasiz va o’sha yerdagi professorlar ro’yxatidan ilmiy yo’nalishi siznikiga mos bo’lganini toib, unga xat yozasiz. Email ma’lumotlari o’sha yerda berilgan bo’ladi. Lekin hujjatlarni topshirish uchun juda oz vaqt qoldi. Uch kun ichida universitet professori sizning rejalaringiz bialn to’liq tanishib chiqib, siz bilan ishlashga rozi bo’lishi ancha qiyin masala.

  • Mentor

    09/12/2015 #15 Author

    Maqsud,

    Malaka oshirish instituti oliy o’quv yurti sanalsa, qatnasha olasiz.