×

Polshada 6 oylik treyning uchun YuNESKO stipendiyasi!


Grant

MUHLAT

14.04.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Polsha

O'QILGAN

2414 marta

Bu stipendiya dasturi turli xil davlatlar vakillarida xalqaro bilimlarni hamda munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, barcha rivojlanayotgan davlat vakillarini Polshada 6 oylik treyning davomida  Texnologiya va Injenering sohasida o’zlarining tadqiqot ishlarini qilish imkonini beradi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichini tugatganlar uchun.

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur Polsha va YuNESKO tomonidan ta’minlanib,  turar joy, safar, ta’lim xarajatlari va 1600 PLN ( 4PLN=1$) miqdordagi oylik stipendiya bilan ta’minlaydi.

Talablar:

  • Nomzod kamida bakalavr bosqichini tamomlagan bo’lishi lozim.
  • Ingliz tilini bilishi lozim.
  • Sog’lom bo’lishi lozim.
  • Qo’shimcha talablar tadqiqot qilinadigan sohaga qarab talab qilinishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod quyidagi barcha hujjatlarni belgilangan kungacha o’zlarining mamlakatlardagi YuNESKO offisiga hamda elektron pochtaga jo’natishi lozim.

  • YuNESKO stipendiya dasturi uchun anketani tibbiy qismi bilan to’liq to’ldirilgan shakli;
  • 2 ta nomzodning 3×4 rasmi;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi hujjat;
  • Ta’lim darajasi haqidagi hujjat ( Bakalavr, Magistratura)
  • 2 ta tavsiyanoma;

Shu bilan birga dastur uchun SHU YERDA onlayn ro’yhatdan o’tish lozim.

YuNESKO ning O’zbekistondagi manzili: Tashkent shahri, Ergashev ko’chasi,  9, 100084
Telefon: + 998 71 120 71 16

Fax: + 998 71 120 71 59

E-mail: tashkent@unesco.org

Stipendiya uchun taqdim qilingan ilova:  SHU YERDA

  • Qalandarov Umarbek |

    Salom men Urganch davlat universiteti geodeziya, kartogafiyava dadastir yo`nalishida ishlayman . menga ushbu grant yuzasidan Po`lsha davlatida malaka oshirmoqchiman , lekin inglis tirini mukammal bilish shartmi

  • Fikr bildirish yopilgan.

    error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!