“Vatan uchun yashaylik!” Respublika tanlovi

0
1 497 marta o'qildi

Qayerda: O‘zbekiston

Kim uchun: Barcha ijodkorlar

Ijodiy ishlar topshirish muddati: 2017-yilning 10-avgustigacha.

Grant turi: Tanlov

Umumiy ma’lumot:

O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Davlat Mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab, ona diyorimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Vatanimizning buyuk kelajagi yo‘lidagi ulug‘vor yangilanishlar, zamondoshlarimizning yorqin siymolari aks ettirilgan, yuksak mahorat bilan yozilgan badiiy-publisistik, maqolalar, ocherklar, nasriy va she’riy yo‘nalishdagi eng sara asarlarning “Vatan uchun yashaylik!” VI Respublika tanlovini e’lon qiladi.

Taqdim etiladigan ish turlari:

Tanlovga 2016-yilning 1-avgustidan 2017-yilning 1-avgustiga qadar respublikamizdagi vaqtli matbuot va adabiy nashrlarda e’lon qilingan yoki kitob holida chop etilgan:

  • badiiy-publisistik maqolalar;
  • ocherklar;
  • nasriy yo‘nalishdagi asarlar;
  • she’riy yo‘nalishdagi asarlar taqdim etilishi mumkin.

Taqdim etilgan ishlarda “Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili” mazmun-mohiyati, zamondoshlarimizning fidokorona mehnatlari, zahmatkash xalqimiz amalga oshirayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy hayot, ma’rifat va ma’naviyat sohalaridagi o‘zgarishlar, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyati targ‘iboti, yurtimiz obodligi, milliy qadryatlarimiz va yosh avlod kamoli, milliy g‘urur va iftixor, Vatan tuyg‘usi, Istiqlol g‘oyalari hayotiy misollar, teran fikr-mulohazalar bilan tarannum etilishi lozim.

Taqdim etish joyi:

Tanlovga taqdim etiladigan asarlar O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi hamda hududiy bo‘limlarida qabul qilinadi.

Ijodiy ishlarga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:

  • Muallif arizasi va professional faoliyati haqida qisqacha ma’lumot;
  • Muallifning pasport nusxasi;
  • Muallifning manzili va bog‘lanish telefon raqamlari.

G‘oliblar quyidagi tartibda taqdirlanadi:

  • Bitta 1-o‘rin eng kam ish haqqining 75 baravari miqdorida pul mukofoti;
  • Ikkita 2-o‘rin – har biri eng kam ish haqqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti;
  • Uchta 3-o‘rin – har biri eng kam ish haqqining 30 baravari miqdorida pul mukofoti;
  • Beshta rag‘batlantiruvchi o‘rin – batlantiriladi.

 

Natijalar Davlat Mustaqilligining 26 yilligi arafasida e’lon qilinadi.

Sizni qiziqtirgan qo‘shimcha ma’lumotlarni (0371) 227-08-27, 227-08-30 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Nurillo To’xtasinov tayyorladi

Grantlar telegram kanaliga qo’shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo’lib xabardor bo’ling!