×

Venetsiya Ca’ Foscari universiteti: bakalavriat va magistratura uchun 100 ta grant!


Grant

MUHLAT

30.04.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

3588 marta

Venetsiyaning Ca’ Foscari universiteti xalqaro talabalarga bakalavr va magistraturada o’qish uchun 100 ta grantni taqdim etuvchi dasturni e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

O’qish sohasi: Ushbu grant dasturiga topshirmoqchi bo’lganlar universitetda mavjud bo’lgan istalgan sohani tanlashi mumkin.

Grant kimlar uchun?

BAKALAVRIAT VA MAGISTRATURA BOSQICHIDA O'QISHNI XOHLOVCHILAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy yengilliklar bilan ta’minlanadi:

  • 100 ta talaba (bakalavr va magistlar) ning kontrakt to’lovi to’liq to’lab beriladi.
  • 90 tagacha talaba bir martalik 5 ming yevro miqdoridagi stipendiya to’lovi bilan ta’minlanadi.

Lekin talabalar 184 yevro miqdoridagi hududiy soliq (regional tax) va ro’yxatdan o’tish xarajatlarini o’zi qoplashi lozim.

Talablar:

  • Bakalavrga kirmoqchi bo’lganlar litsey/kollej diplomiga; magistraturaga kirmoqchi bo’lganlar bakalavr diplomiga ega bo’lishi lozim.
  • Nomzod o’zi tanlagan yo’nalishga kirish uchun belgilangan talablarga javob berishi lozim. Talablar yo’nalishlarga qarab farq qiladi va nomzodlar bu talablar bilan apply.unive.it portalidan o’z sohalarini tanlash orqali tanishi mumkin.
  • Nomzod apply.unive.it platformasi orqali Ca’ Foscari universitetidan ro’yxatdan o’tishi va bakalavr yoki magistr sifatida o’qishga qabul qilinishi lozim.
  • Ona tili ingliz tili bo’lmaganlar ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL va b) topshirishi lozim. Bakalavr uchun IELTS daraja minimum 5 bo’lishi, magistratura uchun minimum 6 bo’lishi lozim. Lekin nomzodlar IELTS ballari qancha yuqori bo’lsa, tanlanish ehtimoli shuncha yuqori ekanligi va ballar qancha past bo’lsa, tanlanish ehtimoli shuncha past bo’lishini hisobga olishi lozim. Agar nomzod bakalavr bosqichini to’liq ingliz tilida o’qigan bo’lsa, uning diplomi ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat sifatida qabul qilinishi mumkin. Ingliz tiliga qo’yilgan talablar bilan SHU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Talabalar ushbu grant dasuriga 2018-yilning 30-apreligacha ariza topshirishlari mumkin. Arizani SHU YERDAN yuklab oling. Grantni qo’lga kiritganlarga apply.unive.it portali orqali xabar qilinadi.

Ariza topshirish uchun nomzod quyidagi harakatlarni amalga oshirishi kerak:

  1. Tanlangan o’qish sohasiga grant arizasini topshirish uchun apply.unive.it portalidan ro’yxatdan o’ting.
  2. Portal oynasining yuqori o’ng burchagidagi o’z ismingiz ustiga sichqoncha tugmasini bosing va u yerda sizning shaxsiy hududuingiz ochiladi. Shu hududdan «Have a reference code?» ni tanlang va unga quyidagini kiriting: Scholarship18/19.
  3. Tanlagan o’qish sohangiz uchun arizani to’ldiring, so’ralgan hujjatlarni yuklang.
  4. Grant uchun arizani to’ldirib, skaner qilib, uni ham yuklang va reference code (Scholarship18/19) ni kiritgan holda arizani yuklang. So’ng «Submit» tugmasini bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!