Xalqaro Aloqalar Instituti (Düsseldorf, Germaniya) stipendiya dasturi 2017

0
579 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Dyusseldorf, Germaniya

Ariza topshirish muhlati: 31-may, 2017

Kim uchun: nemis tili o’rganuvchilari va o’qituvchilariga mo’ljallangan

Umumiy ma’lumot: Germaniyaning Düsseldorf shahridagi Xalqaro Aloqalar Instituti 2017-yilda ham nemis tili o’rganuvchilari va o’qituvchilariga mo’ljallangan kasbiy malakalar va yozgi nemis tili kurslari va iqtisodiy nemis tili kursi uchun yana yangi stipendiyalar ajratmoqda. Bu bilan ushbu institut nemis tilini o’rganish va xalqaro aloqalarni (yo’lga qo’yishda) ko’maklashmoqchi. Kelayotgan 2017-yil iyul, avgust va sentabr oyi uchun (bu uchala oydan birida) 3ta stipendiya yoxud faqat 2017-yil sentabrda bo’ladigan nemis tili yozgi til kursi yoki iqtisodiy nemis tili dasturi uchun stipendiyalar e’lon qilingan. Stipendiyalar faqatgina nemis tilida kamida B1 darajasiga ega bo’lganlargagina beriladi. Barcha qiziquvchilar 2017-yil 31-maygacha o’z xujjatlarini elektron ko’rinishda stipendien@iik-duesseldorf.de manziligiga jo’natishlari mumkin. G’olib stipendiatlar esa institut web-saytida (www.iik-duesseldorf.de) 2017-yilning 16-iyuniga qadar e’lon qilinadi. 2017-yil Dyusseldorfdagi Xalqaro Aloqalar Institutida  iyul, avgust va/yoki sentabr oyida (bu uchala oydan birida) bo’ladigan bir haftalik dasturda ishtirok etish yoxud faqat 2017-yil sentabrda Dyusseldorfdagi Xalqaro Aloqalar Institutida  yoki uning Berlindagi filiali (Berliner ID-Berliner Internationaler Dialog)da bo’ladigan tort haftalik nemis tili yozgi til kursi yoki iqtisodiy nemis tili kursida ishtirok etish mumkin.

IIK stipendiya miqdori:

Stipendiya o’z ichiga to’liq kurs puli va yotoqxona (yoki nemis oila)da yashash xarajatlarini qamrab oladi. Qo’shimcha maksimal 200 € gacha safar xarajatlari uchun ham pul to’lanadi. Kurs davomida boshqa xarajatlar (yeb-ichish, sug’urta va h.k.) stipendiatning o’zi tomonidan qoplanadi.

Esda tuting: agar Siz aynan stipendiyaga ariza berayotgan bo’lsangiz, aynan birorta kursni belgilamay turishingiz kerak. Chunki, agar Siz stipendiya yutsangiz, kursga qarab qaysi oyni o’zingiz tanlashingiz mumkin.

Kerakli hujjarlar:

Quyidagi xujjatlarni Siz nemis tilida IIK-Stipendiyasi uchun jo’natishingiz kerak. Xujjatlarni faqatgina PDF-formatda jo’natishingiz talab qilinadi. Boshqa formatdagi xujjatlar qabul qilinmaydi. Barcha arizalar FAQAT elektron manzil bo’yicha qabul qilinadi.

– Jadval korinishidagi tarjimai hol

– Hozirgi faoliyatingiz (ish yoki oqish) togrisida qisqacha malumot (insho korinishida)

Motivatsiya xati (Motivation letter). Bunda Siz nima uchun aynan mana shu kursda qatnashmoqchi ekanligingizni yoritib berishingiz kerak.

– Ish beruvchingiz yoxud o’qishingizdagi biror bir professor tomonidan tavsiyanoma (ingliz tilida ham bo‘ladi)

Qisqacha (o’zingiz yozgan) tasdiqnoma. Unda Siz Germaniyadagi xuddi shunday malaka oshirish kursi yoki/shuningdek, til kursida qatnashish uchun moliviy ahvolingiz yetarli emasligini asoslab yozishingiz kerak. Bunda Siz o’rtacha ish haqingiz yoki talaba ekanligingizni yozishingiz mumkin. Oxirida imzo va sanani esdan chiqarmang.

– Til bilish to’g’risidagi sertifikat

Noto’g’ri va/yoki to’liq bo’lmagan arizalar ko’rib chiqilmaydi va qaytarib berilmaydi.

G’oliblarni tanlash va e’lon qilish 2017-yil 16-iyungacha davom etadi va g’oliblarga elektron manzili bo’yicha xabar qilinadi.

To‘liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

Jahongir Eshnazarov tayyorladi.