Xalqaro iqlimni muhofaza qilish bo’yicha Germaniyada stipendiya dasturi Xalqaro iqlimni muhofaza qilish bo’yicha Germaniyada stipendiya dasturi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Germaniya Ariza topshirish muhlati: 2016- yil 15-sentabr Grant miqdori: To’liq qoplanadi Kim... Xalqaro iqlimni muhofaza qilish bo’yicha Germaniyada stipendiya dasturi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Germaniya

Ariza topshirish muhlati: 2016- yil 15-sentabr

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Kim uchun: Ilm-fan, muhandislik, sog’liqni saqlash va ijtimoiy yo’nalishlar mutaxassislari

Grant muddati: 1 yil

Umumiy ma’lumot:

Aleksandr von Xumboldt tashkiloti  yosh iqlimshunos ekspertlarga Germaniyada 1 yil davomida iqlimni muhofaza qilish mavzusida tadqiqot ishlarini olib borish imkoniyatini beradi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga xalqaro iqlim muhofazasi bo’yicha ekspert unvoni beriladi.

Dastur uchun ilm-fan, muhandislik, sog’liqni saqlash kabi ijtimoiy yo’nalishlarda faol bo’lgan 20 nafar eng yaxshi mutaxassis saralab olinadi. Ishtirokchilarga tekin nemis tili kurslari o’tiladi. Dasturda ingliz yoki nemis tilini mukammal egallaganlar uchun ochiq.

Kimlar topshirishi mumkin:

  • A’lo akademik ko’rsatkichlariga ega bakalavr yoki shunga teng universitet darajasiga ega shaxslar;
  • Boshlang’ich amaliyot tajribasi bo’lishi shart;
  • Iqlim muhofazasi sohasida yetakchi  professional tajribaga ega bo’lishi kerak;
  • Ingliz yoki nemis tilini mukammal bilishi kerak;
  • Yetakchilik mahoratiga ega shaxslar;
  • Rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan shaxslar.

Grant miqdori:

Grant dastur bilan bog’liq barcha xarajatlarni qoplaydi, jumladan:

  • Ishtirokchining tajribasi va dasturdan muqaddam egallagan lavozimiga qarab oylik stipendiya;
  • Yo’l xarajatlari;
  • til o’rganish bo’yicha bepul kruslar
  • va boshqalar.

Ariza topshirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda Aleksandr von Xumbold saytida (SHU YERDA)  to’ldiriladi.

Arizaga ikkita mutaxassis/professordan tavsiyanoma ham ilova qilish talab qilinadi. Boshqa kerakli hujjatlarni ariza to’ldirayotgan vaqtingizda tashkilotning  rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

 

  • Tom Riddle

    02/25/2015 #1 Author

    salom barchaga

  • Tom Riddle

    02/25/2015 #2 Author

    scholarship lar haqida malumot bersangiz

  • Ravshan

    03/06/2015 #3 Author

    http://www.daad.de

  • Juny

    01/16/2016 #4 Author

    qanday dokumentlar ketishi xaqida batafsil javob bera olasizmi? Men xozirda nemis tilini bilaman va MDIST da uqiyman. USA,CAlifornia,NY,New Jersy va Nevada shtatlarida bulganman. Nemis tilini esa Geothe da urganganman darajam B2. Shu grant ga topshirmoqchiman. Docs to’plash bilan shug’ullanadigan agentsvalar bulsa,iltimos ularni contact larini bersez. Oldindan raxmat

  • Mentor

    01/28/2016 #5 Author

    Juny,

    Maqola so’ngida aytganimizdek, dasturga ariza hujjatlarini tayyorlashda biz yordam berishimiz mumkin. Buning uchun grantlaruz@gmail.com manziliga o’zingiz haqingizda batafsil (rezyume) yozib yuboring.