Xalqaro jurnalistika markazi Knight Fellowship birlashmasining granti (jurnalistlar uchun)

0
90 marta o'qildi

Qayerda:  Qozog‘iston. (shuningdek  dastur doirasida Markaziy Osiyo davlatlari Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonga xizmat safarlari bilan tashriflari mavjud)

Ariza topshirish muddati: yil bo‘yi,  arizalarni qabul qilish 2017-yil apreldan boshlanadi.

Kim uchun axborot tashkilotlari, universitetlar, axborot tashkilotlari va texnologiya ishlab chiqaruvchi kompaniyalari a’zolari.

Grant miqdori:   Loyiha  davrida, ishtirokchining  birlashma ishi bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar qoplanadi hamda gonorar ajratiladi. Shuningdek ishtirokchi o‘z vatanida sog‘liq sug‘urtasi va xorijiy mamlakatga chiqish muddati uchun favqulotda  xolatlar harajatlari qoplanadi.

Grant turi: Media loyixalarini dasturlash

Umumiy ma’lumot:

Knight xalqaro jurnalistika birlashmasining maqsadi axborot innovatsiya madaniyatini shakllantirish va dunyo bo‘ylab tajriba amaliyotini targ‘ib etish. Asosiy maqsadi yangi g‘oyalarni va xizmatlar qamrovini oshirish,  yangiliklarni yetkazishni kengaytirish, hamda fuqarolarni  tahrir jarayoniga jalb etishdan iborat.

Sheriklar moliyaviy ta’minot yoki boshqa odamni ta’minlagan holda o‘zaro hamkorlikka  foyda keltirishga qodir bo‘lishi kerak.

Loyiha ishtirokchilari(Fellows) quyidagi asosiy yo‘nalishlarda ish olib boradilar:

  • mobil xizmat;
  • axborot saqlash;
  • hikoyanavislik;
  • ijtimoiy mediya (axborot vositalari).

Loyiha ishtirokchilari yordamida  mahaliy jurnalistlar  atrof muhit, tadbirkorlik,  sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirishga hamda korrupsiyani va qoniqarsiz boshqaruvni fosh etishga, natijada o‘z jamiyatlarini yashash sharoitlarini rivojlantirishga muvaffaq bo‘lishadi. Har bir loyiha ta’sir doirasi va muvaffaqiyat  loyiha nihoyasiga yetganidan so‘ng ham  davom etishini ta’minlashga qaratilgan. Birlashma a’zosi Qozoqiston davlat va xususiy  televideniyalari hamkorligida hamda Qirg‘iziston telestansiyalarida   muxbirlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot ko‘rsatuvlarini ishlab chiqarish va boshqarish tajribalarini takomillashtirish hamda    raqamli va ma’lumotli jurnalistikani (Digital and data journalism) rivojlantirish  maqsadida loyihalar olib boradi

Hujjat topshirish tartibi:

Birlashmaga qo‘shilish arizalarini yil davomida potenial hamkorlardan hamda ishtirokchilar(fellows)dan qabul qilinadi.  Loyihaga ariza topshirish uchun “Fellowship proposal” taqdim eting. Loyiha hamda birlashmaning a’zoligiga davogar bo‘lsangiz ariza hamda anketani to‘ldirishingiz zarur.

Savollaringiz bo‘lsa  Baindu Kallonga bkallon@icfi.org email manzili orqali  murojaat etishingiz mumkin

Hujjat topshirish bo‘yicha batafsil ma’lumotni  SHU YERDA olishingiz mumkin.

Qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, AQSh elchixonasiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistondagi elchixonasi manzili:

O‘zbekiston Respublikasi, 100093, Toshkent shahar
Yunusobod tumani, 5-mavze
Moyqo‘rg‘on ko‘chasi, 3-uy
Tel.: (+99871) 120-5450
Faks: (+99871) 120-6335

To‘liq ma’lumotni  SHU YERDAN saytidan olishingiz mumkin.

Kuchkarova Yana tayyorladi

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib, xabardor bo`ling!