Xitoyda o‘qishni to‘liq qoplaydigan stipendiya

0
6 098 marta o'qildi

Qayerda: Xitoy

Kim uchun: Fujian Normal Universitetiga bakalavr/magistrlik/doktorlik bosqichida o‘qishga hujjat topshirayotganlar va shu bosqichlarda ta’lim olayotganlar uchun 

Hujjat topshirish muddati: 2017-yilning 30-iyunigacha

Umummiy ma’lumot: Xitoyning Fujian Normal universitetida o‘qiyotgan yoki o‘qishga hujjat topshirayotganlar uchun Fujian Normal University President Scholarship 2017-2018 dasturi e’lon qilindi. Iqtisodiy ta’minoti: Stipendiyani qo‘lga kiritgan talabalar quyidagi moddiy ta’minotlar bilan ta’minlanadi:

  • Ta’lim puli (tuition fee) to‘lab beriladi.
  • 11 oylik turar joy bilan ta’minlanadi.
  • 11 oy davomida: bakalavrlar – 800 Xitoy yuani (bugungi kurs bo‘yicha 117 AQSh dollari); magistrlar – 1000 Xitoy yuani (146 AQSh dollari); doktorlik bosqichida o‘qiyotganlar 1200 Xitoy yuani (175 AQSh dollar) miqdoridagi oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.

Barcha talabalar har 2018-yilning may oyida maxsus test topshirishlari va xuddi shu shartlardagi stipendiyani 2018-2019-o’quv yili uchun ham yutib olishlari mumkin. Topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar: Ushbu stipendiyani qo‘lga kiritishni xohlovchi nomzodlar quyidagi hujjatlarni ingliz yoki xitoy tilida to‘ldirilgan holda topshirishi lozim:

  1. Ariza. Arizani SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.
  2. Pasport nusxasi.
  3. Diplom va baholarning tarjima qilingan va notariusdan tasdiqlangan shakli.
  4. HSK (xitoy tilini bilish darajsini tasdiqlvchi hujjat) nusxasi.
  5. Tibbiy ma’lumotnoma.
  6. O‘quv rejasi.
  7. Ikkita tavsiyanoma.
  8. 18 yoshga to‘lmaganlar uchun Xitoyda qaramog‘ida olishi mumkin bo‘lgan ishonchli tanishi (do‘sti, qarindoshi, kursdoshi va hk) haqidagi hujjat.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun iccsfjnu@263.net email adresiga yoki +86-591-83434244 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. Batafsil SHU YERDA tanishing. Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!