Xitoyda ta’lim olish uchun tanlov e’lon qilindi

0
858 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Magistratura dasturi bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasida o‘qish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ishchilari orasidan o‘qishga tanlov e’lon qilindi. Bu haqda AJ Axborot xizmati xabar berdi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

1. Southwest Jiaotong University – Rail Transit Electrification and Information Technology Master’s Program.

2. Central South University – 2017 Master’s Degree Program in Transportation Engineering.

3. Beijing Jiaotong University – Master Programs In Traffic and Transportation Engineering (Railway Operation and Management).

O‘qish uchun nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi: 40 yoshdan oshmagan, ingliz tinini bilish darajasini ko‘rsatuvchi hozirgi kunda dolzarb IELTS yoki TOEFL testlari natijasiga ega bo‘lgan, shuningdek, tibbiyot ma’lumotnomasi, diplom va attestat nusxalari, tarjimai hol va tavsiyanoma ingliz tilida bo‘lishi shart. Bundan tashqari, pasport va xorijga chiqish ruxsatnoma-stiker nusxalari ham topshiriladi.

Nomzodlar 2017 yil may oyining 20-sanasigacha talab qilingan hujjatlarni ko‘rsatilgan elektron pochtaga (gfs@uzrailway.uz) yuborishlari mumkin.