XIZMATLAR

«Grantlar.uz» sayti xorijda o’qishni yoki malaka oshirishni istovchi talaba va mutaxassislarga quyidagi individual xizmatlarni taqdim etadi:

 Exclusive

Agar saytga qo’yilgan biror grant dasturini o’zingizga mos deb hisoblasangiz va unga hujjatlaringizni tayyorlab, topshirishda professional yordam olishni istasangiz, «Exclusive» xizmati sizga yaqindan ko’mak beradi. «Exclusive» xizmatida barcha hujjatlaringizni grant talablariga mos tarzda tayyorlab o’z vaqtida topshirishga kafolat beramiz.

«Exclusive» xizmati haqida batafsil ma’lumot: SHU YERDA


Basic

O’zingiz istagan sohada o’qish yoki malaka oshirish bo’yicha saytimizdan grant topa olmasangiz, «Basic» xizmati orqali siz uchun maxsus grant topib, unda ishtirok etish shartlari, talablari va hujjat topshirish yo’l-yo’riqlarini o’zbek tilida batafsil tushuntirib beramiz. Shu bilan birga, hujjat topshirish davomida paydo bo’ladigan barcha savollaringizga javob beramiz.

«Basic» xizmati haqida batafsil ma’lumot: SHU YERDA


Premium

O’zingiz istagan sohada o’qish yoki malaka oshirish bo’yicha saytimizdan grant topa olmasangiz, «Premium» xizmati orqali siz uchun maxsus grant topib, unda ishtirok etish shartlari, talablari va hujjat topshirish yo’l-yo’riqlarini o’zbek tilida batafsil tushuntirib beramiz. Shu bilan birga, hujjat topshirish davomida paydo bo’ladigan barcha savollaringizga javob beramiz. Bundan tashqari, anketa, rezyume, insho yozish va boshqa grant uchun topshirish lozim bo’lgan hujjatlarni tayyorlashga yordam beramiz.

«Premium» xizmati haqida batafsil ma’lumot: SHU YERDA


Mentoring

«Mentoring» xorijda o’qish uchun bilim va malakalarini oshirishni hamda grant yutish imkoniyatlarini kuchaytirishni istovchi talaba va mutaxassislar uchun mo’ljallangan uzoq muddatli dasturdir. Ushbu dasturga qabul qilingan har bir shaxs uchun hozirgi imkoniyatlari va ta’lim olish yoki malaka oshirish bo’yicha oldiga qo’ygan maqsadlariga qarab individual reja ishlab chiqiladi hamda shu reja asosida ularga davomiy ko’nikma va yo’l-yo’riq ko’rsatib boriladi.

«Mentoring» xizmati haqida batafsil ma’lumot: SHU YERDA


*Xizmatlardan foydalanish shartlari: QOIDALAR

Сохранить