Xodimlarni boshqarish bo’yicha onlayn kurs

10
79 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Internetda

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 9-oktabr

Kim uchun: Hamma uchun ochiq

Kurs davomiyligi: 6 hafta

Umumiy ma’lumot:

Sahar Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi ijtimoiy tadbirkorlik, loyiha tuzish va boshqarish hamda yetakchilikka oid onlayn kurslarni taklif etadi. Navbatdagi kurs Ijtimoiy korxona xodimlarini boshqarish haqida bo’ladi. Kurs o’zbek tilida olib boriladi.

Kim uchun: 

Kurs boshqaruvchilik sohasiga qiziqqan har qanday shaxs uchun ochiq. Ijtimoiy loyihalar hamda korxonalarga qiziqqan, shu sohada ishlayotgan shaxslarga hamda muqaddam Sahar maktabining kurslarida qatnashganlarga afzallik beriladi. Kursda qatnashish uchun quyidagilar talab qilinadi:

  • Yuqori sifatli Internet;
  • 6 hafta davomida haftada bir kun taxminan 2 soat darsda jonli qatnashish uchun hamda taxminan 1 soat uy ishlarini qilish uchun vaqt ajratish.

Kurs mutqalo bepul va 23-oktabrda boshlanadi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn tarza Sahar maktabining vebsaytida (SHU YERDA) to’ldiriladi. Kurs yakunida uni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikat beriladi.

Kurs bilan bog’liq savollar bilan info@saharschool.org manziliga bog’lanishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

10 Izohlar

  1. Iltimos IT (Information Technology) sohasi bo’yicha English online bepul darslar haqida ma’lumot bering.

  2. Shojahon,

    Yaqinda shunday kurslar haqida e’lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

  3. Men bu kursda qatnashmoqchiman. Chunki mening kelajakdagi faoliyatim boshqaruv bilan bog’liq. Umid qilamanki, tanlovda adashmadim.

  4. salam manam shu kursda qatnashmoqchiman yaqin kelajeda o’ylagan g’oyalarim va amalga oshirishga tayyorlanvotgan ishlarm bor!!!

  5. Bu kurs xozirda xam amalga oshirilvotimi? bu kursla o’zi qatta joylashgan o’sha maktabda to’g’ridan to’g’ri talim osa bo’ladimi?