Xorijda olingan diplom qanday nostrifikatsiya qilinadi?

    27
    902 marta o'qildi

    Savol: 1994 – 2001-yillar mobaynida Tojikiston Davlat Milliy Universiteti “Iqtisodiyot va boshqarish” fakultetini tugatib, iqtisodchi mutaxassisligini olganman. Chet davlatda o’qib olingan diplomlarni nostrifikatsiya qilish jarayoni qanday bo’ladi? Nostrifikatsiya qilish yuzasidan biror imtiyozlar mavjudmi?

    Javob: Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizomga ko’ra, xorijiy davlatlarda o‘rta maxsus va oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) hamda tegishli guvohnoma berish bevosita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.

    Xorijiy davlatlarda o‘rta maxsus va oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va ularning ekvivalentligini qayd etish haqidagi arizaga  quyidagilar ilova qilinadi:

    ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat va uning ilovasining asl nusxasi (o‘tilgan o‘quv kurslari va ularning hajmi, yakuniy baholar, amaliyot, kurs va bitiruv malaka ishlari ro‘yxati, o‘quv jarayonining boshqa bajarilgan talablari ko‘rsatilishi lozim);

    ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat va uning ilovasining O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi.

    Boshqarma ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan o‘quv yurtining o‘sha davlatda tegishli ro‘yxatda (legalizatsiya ro‘yxatida) borligini tekshirib, hujjatning ilovasida ko‘rsatilgan fanlar va maxsus kurslar O‘zbekiston Respublikasida ushbu yoki unga turdosh yo‘nalishdagi mutaxassisliklar bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturiga mos kelish-kelmasligini (asosan mutaxassislik fanlari bo‘yicha) aniqlaydi va eng ko‘pi bilan bir oy muddatda tegishli qarorini chiqaradi. Boshqarma lozim bo‘lgan hollarda tegishli o‘quv yurti, mahalliy va xorijiy tashkilotlardan aniqlashtiruvchi hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.

    Ariza beruvchi, shuningdek o‘z tayyorgarligi haqida boshqa hujjatlarni, jumladan, ta’lim olishning keyingi darajalari, kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish mumkinligi, amaliy tajriba haqida hujjatlarni ham taqdim etishga haqlidir. Tan olish va ekvivalentligini qayd qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimalari bilan taqdim etiladi.

    Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish jarayoniga qo‘yiladigan talablar

    Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish jarayoni xalqaro bitimlar va tavsiyalar, O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining davlat ta’lim standartlari, me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

    Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish uchun:

    ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni bergan ta’lim muassasasi o‘zi joylashgan davlatning vakolatli organlari tomonidan tan olingan bo‘lishi;

    ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan davlatda tan olingan bo‘lishi;

    ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning tan olinishi O‘zbekiston Respublikasi bilan davlatlararo bitimlarda ko‘zda tutilgan (kooperatsiya usuli yoki maqsadli o‘qitish yo‘li bilan olingan ta’lim bundan mustasno) bo‘lishi zarur.

    Ariza beruvchining hujjatlarini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddati barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab bir oydan oshmasligi kerak.

    O‘quv rejalaridagi tafovutlarni topshirish yoki maxsus sinovlardan o‘tish muddati ariza beruvchining roziligi bilan belgilanadi. Sinovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun talab etiladigan vaqt  hujjatlarni ko’rib chiqish va qaror qabul qilish muddatiga (bir oy) kirmaydi.

    O‘rta maxsus va oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va ekvivalentligini qayd qilish to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. To‘lov miqdori amaldagi belgilangan eng kam ish haqi miqdorida belgilanadi.

    Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Yuqoridagi qoidalardan boshqa qoida belgilanmagan va boshqa imtiyozlar o’rnatilmagan.

    Saqlab oling: Nostrifikatsiyadan o’tkazish uchun topshiriladigan ariza blankasi

    27 Izohlar

    1. Assalomu aleykum, ma’lumotlar uchun raxmat. O’ylashimcha bu faqat kollej, litsey, bakalavr va magistratura darajalari uchun nostrifikatsiya shartlari. PhD (Doktorlik) darajasi qanday va qayerda nostrifikatsiya qilinadi? Davalat test markaziga telefon orqali murojaat qilganimda ular magistraturaga bo’lgan bosqichni nostrifikatsiya qilishini, PhDni nostrifikatsiya qilish bizni vakolatimizga kirmaydi deyishdi. Iltimos, shu haqda batafsil ma’lumot bering. Oldindan raxmat!

    2. Ahmadjon,

      DTM doktorlik darajasini qayerda nostrifikatsiyadan o’tkazish mumkinligi haqida hech narsa demadimi? Ulardan shuni so’rab ko’rish kerak. O’zbekistonda yaqinda aspirantura va doktorantura ta’lim darajalarini o’qitish tizimida o’zgarish bo’lgan. Shu bois bu darajalarning xorijdagi o’quv darajalarini mosligini aniqlashda hali aniq bir tartib ishlab chiqilmagan bo’lishi mumkin.

    3. Agarda zavuchni uqib diplom olsa O’zbekistonda nostrifikatsiya qilib bo’ladimi javob uchun oldindan raxmat

    4. Assalomu alaykum. Ma’lumotlar uchun rahmat. Xorijda Zaochno o’qish bilan olingan diplomlar ham tan olinadimi va xuddi shu tarzda nostrifikatsiya qilinadimi? Iltimos, shu haqida ma’lumot bering. Oldindan rahmat.

    5. assalomu aleykum. mening bir tanish dugonam usa maktabini buyil tugalliydi. lekin u uzbekistonda institutga topshirmoqchi. u usa diplomini olib bulganidan sung uzb davlat institutlariga uqishga topshiroliydimi yoki borganidan sung kolejni tamomlashi shartmi? u qiz uzbda kolejni 1 kursini tamomlab sung buyerda 2 yil maktabida uqigan.javob uchun oldindan rahmat.

    6. Qodirjon,

      Xorijdagi universitetning barcha talablarini bajarib, diplomini qo’lga kiritgan bo’lsangiz, O’zbekistonda u boshqa diplomlar kabi qabul qilinadi. Nostrifikatsiyadan o’tkazish tartibi ham bir xil bo’lishi kerak.

    7. Мен бакалаврни бошка юртда тугатдим. Магистратурани эса Яна бошка юртда укияпман. Узбда нострификация пайтида бакалавр дипломимни тасдиклатишим керакми или магистр дипломимними? Кай холларда хужжатлар нострификация килинмаслиги мумкин?

    8. Asad,

      Ikkalasini ham bir yo’la tasdiqlatib olishingiz mumkin. Mustaqil va xususiy kompaniyalarga ishga kirsangiz, ular nostrifikatsiya qilinmagan diplomlaringizni qabul qiladi. Nostrifikatsiya olgan darajangiz O’zbekistonda rasman tan olinishi uchun kerak.

    9. Salom Mentor! Men hozir Hindistonda oxirgi 3-kursda o’qiyapman. Savolim bu yerda bakalavr uch yillik, Uzbda esa to’rt yillik. Universitetda olgan uch yillik diplomim Uzbda nostrifikatsiya qilinadimi? Bakalavrdan oldin kollejni tugatganman. Javob uchun oldindan rahmat!

    10. Asror,

      Buni DTMdan so’rab ko’rish kerak. Chunki O’zbekistonda bakalavr darajasi uchun 4 yil o’qiladi.

    11. Xorijda Zaochno o’qib olingan diplomlarni nostrifikatsiya qilinishi haqida to’liqroq ma’lumot bersangiz? iltimos. Oldindan rahmat.

    12. salom men keyingi yil bakalavrni qozog’istonda tugataman AQSHga o’qishim uchun qozoqistonda imtihonlarni topshirsam boladimi yoki toshkenga kelip topshirish kerakmi

    13. Dias,

      Agar O’zbekiston fuqarosi bo’lsangiz, menimcha, Toshkentdan topshirishingiz kerak. Qozog’iston fuqarosi bo’lsangiz, Fulbright Qozog’istonning o’zidan ham talabalar qabul qiladi.

    14. Savolim shuki chet universitetlarida o’qib olingan diplomlarni hammasi nostrifikatsiya qilinadimi? istisno holatlari bormi mn Turk qozoq universiteti bn shartnoma tuzilgan ekan

    15. Alisher,

      Siz o’qigan davlatda davlat tomonidan tan olingan universitet bo’lsa, O’zbekistonda nostrifikatsiyadan o’tkazish mumkin.

    16. Salom. Savolim shuki Dtm.uz portalida nostrifikatsiya bulimi bor. U yerda yozilishicha 2004-2005 yildan boshlab sirtqi(zaochna) uqib olingan diplomlar nostrifikatsiya qilinmaydi, deb aniq va ravon yozilgan. Siz qilinadi deyabsiz.

    17. Men Rassiyada 2-kursgacha в Заушного обучение uqib qolgan 3- va 4-kurslarni в очного обучение o’qiyabman! Bu Oliy talim muossasasi davlat taassarufida yani Воронежский государственный технический университет (ВГТУ)
      Savolim shundan iboratki: meni diplomimni O’zbekistonda nostrifikatsiyadan o’tkazish mumkinmi?!

    18. Men Rassiyada 2-kursgacha в Заушного обучение uqib qolgan 3- va 4-kurslarni в очного обучение o’qiyabman! Bu Oliy talim muossasasi davlat taassarufida yani Воронежский государственный технический университет (ВГТУ)
      Savolim shundan iboratki: meni diplomimni O’zbekistonda nostrifikatsiyadan o’tkazish mumkinmi?!
      Javob uchun oldindan Raxmat!!!

    19. Assalomu alekum Men Rassiyada 2-kursgacha в Заушного обучение uqib qolgan 3- va 4-kurslarni в очного обучение o’qiyabman! Bu Oliy talim muossasasi davlat taassarufida yani Воронежский государственный технический университет (ВГТУ)
      Savolim shundan iboratki: meni diplomimni O’zbekistonda nostrifikatsiyadan o’tkazish mumkinmi?!
      Javob uchun oldindan Raxmat!!!

    20. Salom ! Agar men rossiyada xalqaro yuridichiskiy institutida bakalavrda o’qisam, diplomi o’zbekistonga o’tadimi? Rossiya qonunlari bir xil bôlmasa xam

    21. Man 2016 yil kolej bitruvchsiman rossiyada onlayn orqali o’qimoqchiman buning uchun nasririfikatsiya qlishm keremi

    22. Salom O’zbekistonda turib onlayn orqali rossiyada o’qsh uchun nostirifikatsiya qilish keremi

    23. Salom O’zbekistonda turib onlayn orqali rossiya universitetlarida o’qsh uchun diplomimi nostirifikatsiya qilishm keremi